Guliston shahrida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus” olimpiadasining ommaviy sport musobaqa o‘yinlari yakuniga yetmoqda

17-noyabr kuni start olgan va ikki kun davomida qizg‘in tarzda o‘tgan ommaviy sport musobaqa o‘yinlari ertaga, 20-noyabr kuni o‘z yakuniga yetadi.

Guliston davlat universiteti hamda Guliston davlat pedagogika instituti sport majmualarida bo‘lib o‘tgan final bosqichi bahslari mini-futbol, stol tennisi, voleybol va stritbol yo‘nalishlarida yuqori darajadagi raqobat bilan kechib, ishtirokchilar o‘z mahorati, jismoniy tayyorgarligi va g‘alabaga bo‘lgan ishonchini namoyon etishdi.

Final bosqich natijalari har bir yo‘nalishda eng kuchli jamoa va sportchilarni aniqlab beradi. 

G‘olib va sovrindorlar nomi ertaga ma’lum qilinadi hamda tantanali taqdirlanadi.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?