“Kelajakka qadam”: Talabalar uchun yangi imkoniyatlar eshigi
Bugun, 27-noyabr kuni Guliston davlat universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-treningni Guliston davlat universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori F.Sharipov ochib berdi va olib bordi.
Seminarda “O‘zmilliybank” AJ mutaxassislari tomonidan bank xizmatlari, xususan yoshlar uchun mo‘ljallangan “Kelajakka qadam” dasturi va kredit mahsulotlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
So‘zga chiqqanlar:
•A.Shaimkulov — “O‘zmilliybank” AJ Guliston amaliyot BXM Chakana xizmatlar guruhi boshlig‘i
•U.Qilichov — “O‘zmilliybank” AJ Guliston amaliyot BXM Chakana amaliyotlar bo‘limi boshlig‘i
•Sh.Baxromov — “Kelajakka qadam” markazi xodimi
Dastur orqali imtiyozli kredit olib tahsil olayotgan universitetning 2024-yil bitiruvchisi N.Mo‘ydinov o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi — bu yoshlarimiz uchun haqiqiy motivatsiya bo‘ldi.
Shuningdek, tadbirda “MILI TEKS” MChJ vakili D.Nurjamalova tomonidan biznesga oid motivatsion chiqish amalga oshirildi.
Tadbir davomida talabalarning savollariga javob berildi va kelajak rejalari bo‘yicha yo‘nalishlar ko‘rsatildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



