Rektor murojaati
Aziz yoshlar, ota-onalar va ustozlar!
Giyohvandlik
– kelajakni barbod qiladigan eng xavfli illatlardan biridir. Bu balo bir
nafasda sog‘liqni yemiradi, oilalarni parokanda qiladi, jamiyat tinchini
buzadi. Shuning uchun hammamiz hushyor bo‘lishimiz kerak.
Aziz talabalar!
Siz –
bilimli, sog‘lom va vatanparvar bo‘lish uchun universitetda o‘qiyapsiz. Sizning
orzularingiz oldinda. “Bir marta sinab ko‘rsam nima bo‘ladi?” degan fikrga
aldanmang. Giyohvand modda hayot va kelajakni o‘g‘irlaydi. Vaqtingizni foydali ishlar
bilan band qiling: sport, kitob, ilm, ijtimoiy loyihalar – sizni kuchli qiladi.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandingizni
tinglang. U bilan har kuni suhbat qiling. Yaxshi do‘st bo‘ling. E'tibor va mehr
– eng kuchli himoya. Agar biror g‘alati holat sezsangiz, masalani cho‘zmay,
mutaxassisga murojaat qiling.
Muhtaram ustozlar!
Har bir
dars – tarbiya. Har bir suhbat – ogohlik. Yoshlarni zararli oqibatlardan
ogohlantirishda sizning so‘zingiz kuchli ta’sirga ega. Talabalarga sog‘lom
hayot namunasi bo‘ling.
Biz birlashsakgina bu illatga qarshi muvaffaqiyatli kurashamiz.
Universitetimizda huquq tartibot idoralari, psixologlar va murabbiylar bilan hamkorlik davom etadi. Har bir yoshga e’tibor, har bir muammoga vaqtida yondashuv – ustuvor vazifamiz.
❗️Har bir talaba biz uchun aziz! Ularni asrash – barchamizning mas’uliyatimiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



