Rektor murojaati

Aziz yoshlar, ota-onalar va ustozlar!

Giyohvandlik – kelajakni barbod qiladigan eng xavfli illatlardan biridir. Bu balo bir nafasda sog‘liqni yemiradi, oilalarni parokanda qiladi, jamiyat tinchini buzadi. Shuning uchun hammamiz hushyor bo‘lishimiz kerak.

 Aziz talabalar!

Siz – bilimli, sog‘lom va vatanparvar bo‘lish uchun universitetda o‘qiyapsiz. Sizning orzularingiz oldinda. “Bir marta sinab ko‘rsam nima bo‘ladi?” degan fikrga aldanmang. Giyohvand modda hayot va kelajakni o‘g‘irlaydi. Vaqtingizni foydali ishlar bilan band qiling: sport, kitob, ilm, ijtimoiy loyihalar – sizni kuchli qiladi.

 Hurmatli ota-onalar!

Farzandingizni tinglang. U bilan har kuni suhbat qiling. Yaxshi do‘st bo‘ling. E'tibor va mehr – eng kuchli himoya. Agar biror g‘alati holat sezsangiz, masalani cho‘zmay, mutaxassisga murojaat qiling.

 Muhtaram ustozlar!

Har bir dars – tarbiya. Har bir suhbat – ogohlik. Yoshlarni zararli oqibatlardan ogohlantirishda sizning so‘zingiz kuchli ta’sirga ega. Talabalarga sog‘lom hayot namunasi bo‘ling.

 Biz birlashsakgina bu illatga qarshi muvaffaqiyatli kurashamiz.

 Universitetimizda huquq tartibot idoralari, psixologlar va murabbiylar bilan hamkorlik davom etadi. Har bir yoshga e’tibor, har bir muammoga vaqtida yondashuv – ustuvor vazifamiz.

 Har bir talaba biz uchun aziz! Ularni asrash – barchamizning mas’uliyatimiz.

 O‘zbekistonning sog‘lom va baxtiyor kelajagi — birgalikdagi qat’iy choralarimizda mujassam!


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?