Abay Qo’nanbaev hayoti va ijodi haqida

2018 yil 9 iyun kuni Guliston davlat universitetida buyuk qozoq adibi Abay Qo’nonboevning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag’ishlangan “Abaydo’  bіlmek jaqso’ oylo’ jasqa”   mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir  o’tkazildi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar buyuk qozoq adibi Abay Qo’nonboevning hayoti, uning ijodiy faoliyati, yaratgan asarlari, tarjimalari haqida, umuman jahon adabiyotiga qo’shgan ulkan hissasi to’g’risida ma’ruza qildilar.

Tadbir davomida “Qozoq filologiyasi” yo’nalishi talabalari hamda Sirdaryo viloyati qozoq milliy madaniy markazi qoshidagi “Balausa” va “Kamalak”  ansambli tomonidan kuy-qo’shiqlar va raqslar ijro etildi.

Tadbirda Guliston davlat universiteti Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektor, dotsent R.Mahmudov, Respublika qozoq milliy madaniyat markazi rahbari S.N.Usenov,  Akademik, yozuvchi, adabiyotshunos olim    Q.Seydanov, yozuvchi, shoir, Abayshunos olim A.Rustamov, yozuvchi, tarjimon, Alash xalqaro mukofotining sohibi, yozuvchilar uyushmasi  qoshidagi qozoq adabiyoti kengashining mas’ul kotibi M.Islomqulov, Filologiya fakulteti dotsenti X.Todjiev, Filologiya fakulteti professor-o’qituvchilari va 155 nafar talabalar ishtirok etdi.

Tadbir so’ngida Respublika qozoq milliy madaniyat markazi rahbari S.N.Usenov Abay Qo’nonboevning kitoblarini esdalik sifatida universitet kutubxonasiga taqdim etdi.

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti 

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?