“Ma’rifat maydoni” tanlovi o‘tkazildi
Guliston davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston-yangi dunyoqarash” shioriostida o‘tkazilgan “Ma’rifat maydoni” Respublika tanlovi hududiy saralash bosqichida Toshkent texnika universiteti “Olmaliq filiali”, Chirchiq davlat pedagogika instituti, Jizzax davlat politexnika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Guliston davlat universiteti talabalaridan iborat jamoa 42ta shart bo‘yicha bahslashdilar.
Nufuzli hakamlar tomonidan jamoalarning chiqishlari baholanib borildi. Eng yuqori ball to‘plagan Jizzax davlat pedagogika instituti jamoasi-birinchi, Guliston davlat universiteti jamoasi-ikkinchi, Toshkent texnika universiteti “Olmaliq filiali” jaomasi faxrli uchinchi o‘rinni egalladilar.
G‘oliblar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Jizzax davlat pedagogika instituti talabalari tanlovning mintaqaviy bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
