Guliston davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun o‘quv-kurslariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun qishki ta’til kunlarida o‘quv kurslarini tashkil etish belgilandi.
Mazkur topshiriqqa ko‘ra, 2022-yilning 10-yanvardan 24-yanvarga qadar Guliston davlat universiteti professor- o‘qituvchilari va xodimlari uchun fakultetlar va bo‘limlar kesimida 420 nafar tinnglovchini qamrab olgan o‘quv-kurslarini o‘tkazish rejasi ishlab chiqildi.
Mazkur rejaga muvofiq: Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish, Akademik va moliyaviy mustaqillik, Kredit-modulda talabalar mustaqil ishi, Dars o‘tishda pedagogik usullar, Ta’lim jarayonini raqamlashtirish, Dars o‘tishda ilmiy yondashuvlar, Baholash mezonlari, Shaxsiy elektron kutubxona yaratish, Ilmiy loyihalarni tayyorlash, masofaviy ta’lim, Fan dasturi va sillabus tayyorlash, “Scopus” va “Web of science” xalqaro bazasidagi xaqaro reytingi yuqori nashrlarda ilmiy maqola chop etish kabi mavzular bo‘yicha o‘quv kurslarini olib borish belgilandi.
O‘quv kurslari o‘tkasihga malakali professor-o‘rituvchilar biriktirildi. 10-yanvar kuni o’quv kurslariga start berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
