“Dunyoviy davlat va ma’rifat, Jaholatga qarshi ma’rifat”

23.02.2022-yilda Guliston davlat universitetida “Dunyoviy davlat va ma’rifat, Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida huquqiy-profilaktik tadbir o‘takildi. Tadbirni universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Abdurasulov olib bordi. “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi professori R.Mahmudov, Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi mutaxassisi D.Umrzoqova, Guliston shahar IIB, profilaktika inspektori, kapitan A.Usmonov so‘zga chiqishib, inson yer yuzida paydo bo‘lgandan to hozirgi kungacha o‘z umri mobaynida ezgulik va jaholat o‘rtasida kurashib kelishini, Jaholat so‘zi har birimizning ongimizda chuqur o‘y, qalbimizda esa titroq uyg‘onishini, Ma’rifat esa xalqni komillikka yetaklovchi porloq quyosh ekanligini bildirishdi.
Ma’rifatparvar kishilar o‘zligini anglay oladi. Tarixni ming yillik an’analarini, ota-bobolarini, qolaversa kelajagini, muqaddas tuprog‘ini qadrlay olishadi. Ular vatanfurushlik, sotqinlik, tubanlik, illatlaridan hazar qilishadi. Zero, zabardast ijodkor Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidur” degan teran so‘zlari fikrimizning yaqqol isbotidir. Shu o‘rinda yoshlarimizga Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobi haqida ma’lumotlar berib o‘tdilar.
Tadbir so‘ngida masala yuzasidan talabalar bilan bahs-munozara va savol-javob o‘tkazildi, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?