Sport

Universitetda talabalarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Universitetda ochiq turdagi 1ta futbol, 2ta mini futbol, 1ta qo’l to’pi, 1ta basketbol, 2 ta voleybol sport maydonlari, 1ta yopiq turdagi gimnastika zali, 1ta sport zal hamda yengil atletika bilan shug’ullanish uchun yetarli sharoitlar mavjud. Bundan tashqari, talabalar turar joyida sport trinajor xonasi faoliyat ko’rsatadi.

Universitetda sportning 11 turi, ya’ni Futbol, Voleybol, Basketbol, Qo’l to’pi, Yengil atletika, Stol tennisi, Shaxmat, Kurash, Dyuzdo, Suzish va Sog’lomlashtiruvchi gimnastika turlari bo’yicha sport to’garaklari doimiy faoliyat ko’rsatib keladi. Mazkur sport to’garaklariga yuqori malakali professor-o’qituvchilar va sport ustalari rahbarlik qiladi.

Universitet talabalari Respublika va Xalqaro miqyosida o’tkazilayotgan sport musobaqalarida muntazam ishtirok etib, yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Sportchi talabalar orasida Xalqaro sport musobaqalari g’oliblari va bir necha bor O’zbekiston chempionligini qo’lga kiritgan talabalar ko’pchilikni tashkil etadi.

Universitetda talabalar o’rtasida yil davomida muntazam ravishda turli sport musobaqalari va turnirlar  o’tkazib kelinadi. 

 Guliston Davlat Universiteti

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?