Markaz haqida
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Markaz xaqida

Guliston davlat universiteti huzuridagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularnig malakasni oshirish hududiy markazi

Guliston davlat universiteti huzuridagi  xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi (dastlab institut deb nomlangan) 1964-yil 25-aprelda Guliston shahrida tashkil topgan.

Hududiy markazga dastlab I.Qurbonov boshchilik qilgan. Bu davrda ilm dargohida tajribali, bilimdon o’z sohasining yetuk mutaxassislari ishga qabul qilingan. Keyingi yillarda institutga (1964-1970 yillar) H.Doniyorov, (1971-1972 yillar) R.Zikrillayev, (1972 yildan 1974 yilgacha) tarix fanlari nomzodi, dotsent T.Javlonov, (1974-1983 yillar) F.Nurmuhammedov, (1983-1984 yillar) B.Qoraboyev, (1984-1986 yillar) B.Ortiqboyev, O.Akmambetova, (1993-2001 yillar) E.Kuybishev rahbarlik qilganlar. 2001-2003 yillarda filologiya fanlari nomzodi H.E.Yodgorov, 2003-2004 yillar X.M.Mamatqulov, 2005-2011 yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent K.Eshquvatov, 2011-2015 yillarda institutga biologiya fanlari doktori, professor A.Pazilov,  2016-2018 yillarda P. Xolmatovlar  rahbarlik qilishgan.

2018 yil mart oyidan Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazini biologiya fanlari nomzodi, dotsent Turdimetov Shaxobiddin Muxitdinovich boshqarmoqda.

Ilmiy salohiyat

Hozirgi kunda ilmiy markazda 42 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritmoqda. 40 nafari asosiy shtatda, 2 nafari o’rindoshlik asosida ishlamoqda. Asosiy shtatdagilarning 2 nafarini fan doktori, professor, 12 nafarini fan nomzodi, dotsentlar hamda 26 nafarini ilmiy daraja va ilmi yunvonga ega bo’lmagan katta o’qituvchilar, o’qituvchilar tashkil etadi.

Hududiy markaz direktori:

Turdimetov Shaxobiddin Muxitdinovich

Òelefon: (0-3672) 27-74-38

Faks:      (0-3672) 27-76-33

Web-site: www.sirdaryomoi.uz

E-mail: sirdaryo_moi@xtv.uz

Manzil: Guliston shahar, Toshkent yo’li ko`chasi, 112

8646 | 2018-02-09 15:42
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023