Ogohlik - davr talabi

OGOHLIK-DAVR TALABI

“Bugungi kunda mintaqaning barcha mamlakatlari terrorizm, diniy ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlariga duch kelmoqda. Ushbu tahdidlarga qarshi samarali kurashishni faqat birgalikda, mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik mexanizmlari doirasida ta’minlash mumkin. Xavfsizlikka tahdidlarni “o‘ziniki va o‘zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish, “yaxlit xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarur, degan qat’iy fikrdamiz. Birlashgan Millatlar Tashkiloti mintaqaviy xavfsizlik muammosini, avvalo, preventiv diplomatiya usullaridan foydalangan holda hal qilishda muhim o‘rin tutishi lozim. Shuningdek, MDH, ShHT, YeXHT va boshqa nufuzli xalqaro hamda mintaqaviy tuzilmalar mexanizmlari doirasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash zarur. Bugungi kunda Markaziy Osiyoda barqaror va izchil taraqqiyotning istiqbollari qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bilan chambarchas bog‘liqdir. Birinchi galdagi vazifalardan biri Afg‘onistonning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga qo‘shilishiga har tomonlama ko‘maklashishdan iborat. Bu dunyo hamjamiyatining Afg‘onistonda tinch taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlariga g‘oyat muhim hissa bo‘lib qo‘shiladi. O‘zbekiston bundan keyin ham bu qo‘shni mamlakatni iqtisodiy jihatdan tiklash, uning transport va energetik infratuzilmasini rivojlantirish, milliy kadrlar tayyorlash jarayonlarida faol ishtirok etishini ta’kidlamoqchiman”  SH.MIRZIYOYEV

OGOH BO’L...

Agar ogoh sen shohsen, agar shohsen sen ogohsen. Ogohlik kishining o’z umriga, takdiriga shohlik bilan barobar. Zero, bugunimiz har birmizdan ana shunday ogohlikni talab qiladi. Ayniqsa, turli illatlar urchigan zamonamizda bu nihoyatda muhim. Mamlakatimizda shu maqsadda tashkil etilayotgan profilaktik tadbirlar kishilarda mustaxkam iroda va xuquqiy savodxonlikni shakllantirmoqda desak yanglishmaimiz.

Terrorizm — chegara bilmaydigan xavfdir, shu bois unga qarshi kuchlarni birlashtirgan holda kurashish lozim. SH.MIRZIYOYEV.

LOQAYDLIK – MA’NAVIY XALOKATDIR

Bugungi globallashuv jarayonida dunyo miqyosida yuz berayotgan mafkuraviy xurujlar insoniyat boshiga qanchalik ko’p kulfatlar yogdirayotgani hech kimga sir emas. Mafkuraviy xurujlarning shakli turli-tuman bo’lib, xozirgi vaqtda xalqaro miqyosda keng avj olib, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-g’oyaviy muammoga aylanib ulgurgan ko’rinishi bu – missionerlikdir.

 

Xo’sh, missionerlar kimlar? Ular o’z maqsadlarini amalga oshirishda kanday vositalardan foydalanadilar? Avvalo shuni alohida qayd etish kerakki, missionerlik - muayyan bir tuzum va muayyan bir dindagi kishilar o’rtasida boshqa bir din yoki o’zga tuzumni targ’ib etish orqali o’z g’arazli maqsadlarini amalga oshirish yo’lidagi xarakatdir. Bu xarakat a’zolarining jamiyat xayotiga qanchalik ayanchli ta’sir ko’rsatishini barchamiz yaxshi bilamiz.

Missionerlar xalqaro terrorizm, giyoxvandlik, diniy-ekstremizm, xususan, «Hizbut-tahrir», «Vaxxobizm» ko’rinishidagi ta’sir vositalaridan foydalangan holda ta’lim va xayriya jamiyatlari, targ’ibot-tashviqot muassasalariga o’qituvchi, til o’rgatuvchi, o’zga davlat taomlarini o’rgatuvchi niqoblari ostida suqilib kirib olgan holda o’z harakatlarini amalga oshiradilar. Mamlakatimiz mustakillikka erishgandan so’ng, yurtimizga turli g’oya va mafkuralar oqib kira boshladi. Bu mafkuralar orasida eng ashaddiysi so’zsiz, missionerlik xarakatidir. Missionerlar chet tillarini o’rgatuvchi maxsus kurslarning muallimlari nikobi ostida talabalar yotokxonalariga, savdogar yoki ishbilarmon sifatida bozor va do’konlarimizga, pazandalik sirlarining bilimdonlari bo’lib umumiy ovkatlanish shoxobchalariga, qo’yingki turmushning barcha jabxalariga joylashib olib, o’z g’arazli maqsadlarini amalga oshirish yo’lida har qanday kichik imkoniyatdan ham foydalanib qolishga intilishadi. Jaxondagi boshqa davlatlardagi kabi yurtimizda ayrim yoshlarning soddadilligi va ishonuvchanligi, e’tiqodi sustligidan foydalanib, xatto ularning moddiy ta’minotini yaxshilashni vada qilib o’z tuzoqlariga ilintirib olishga xarakat qilishmokda.

Tinch aholi orasiga suqilib kirib olib ularni to’g’ri yo’ldan chalg’itish, bir-birlarining o’rtasida gina-adovatlar qo’ztash, ayniqsa, yoshlarni turli norasmiy diniy tashkilotlarga a’zo qilish uchun missionerlar juda ko’plab mablag’larni ajratishmoqda. Bu mablag’larni ular bemor kishilarga moddiy ko’mak, bepul dori-darmon etkazib berish, shartnoma asosida taxsil olayotgan talabaga yordam, turli nolegal nashrlarni chop etib, aholiga bepul tarqatish kabi ishlarga sarflashmokda. Ba’zi ma’naviy-siyosiy jihatdan bilimsiz kishilar bunday tuzoqlarga osongina ilinadilar. Natijada bilib-bilmay o’z xalqi va Vataniga, oilasiga xiyonat kilishgacha borib etadilar.

Istiqlol yo’lini tanlab, bu yo’lda taraqqiyotning o’z modelini yarata olgan O’zbekistonni Demokratik-ma’rifiy tarakkiyot yulidan og’dirishni maqsad qilib olgan mamlakatimiz tashqarisidagi aqidaparast kuchlarning borligini ham aslo unutmasligimiz kerak. Diniy niqob ostida mustaqil davlatimizga tashqaridan turib tahdid solayotgan tashqi taxdid kuchlari - aqidaparastlarning xalkimiz ma’naviyatini emirish yo’lidagi urinishlariga qarshi xamjixatlikda kurash olib borish xar bir ongli kishining, elim, yurtim, oilam, ota makonim degan O’zbekistonlikning oliy burchidir.

 Shavkat Mirziyoyev: Xavfsizlikka tahdidlarni “o‘ziniki va o‘zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish, “yaxlit xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarur.

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

O’zbekiston yoshlari buzg’unchi g’oyalarga qarshi

Guliston davlat universitetida professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlari o’rtasida “O’zbekiston yoshlari buzg’unchi g’oyalarga qarshi” mavzusida ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi.

Mazkur tadbirda universitet Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor R.Mahmudov, Sirdaryo viloyati DXX xodimi Q.Qo’chqorov, Sirdaryo viloyati bosh imom xatibi o’rinbosari F.Rahmonov, Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi bo’lim boshlig’i J.Sherboev, prorektorlar, fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari, professor-o’qituvchilar va 500 nafar talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar bugungi ma’naviy boylikni asrash, ma’naviyatni yuksaltirishga doimiy intilmasdan turib ezgu maqsadlarimizga erisha olmasligimizni ta’kidladi. Hozirgi kunda ayrim fuqarolar, ayniqsa, yoshlarimiz o’zlari bilmagan holda turli diniy oqimlar yoki guruhlarga qo’shilib qolishi yoshlar ongidagi “g’oyaviy bo’shliq”dan ekanligi, uni ezgu g’oyalar bilan to’ldirish shartlari, ta’lim muassasalarida milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yuksaltirish, bu borada o’tkazilayotgan tadbirlar ta’sirchanligini yanada oshirish, g’oyaviy va mafkuraviy tahdidlarga qarshi targ’ibot ishlarini tizimli asosda olib borish zarurligi haqida o’z fikr-mulohazalarini aytib o’tishdi. Tadbir so’ngida ishtirokchilar bilan savol-javob o’tkazdi.

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

TINChLIK – ENG OLIY NE’MAT

Guliston davlat universitetida professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirokida “Tinchlik-eng oliy ne’mat” mavzusida ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi.

Mazkur tadbirda universitet Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor R.Mahmudov, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi O.Qudratov,  Sirdaryo viloyati bosh imim-xatibi H.Zokirov, Sirdaryo viloyati DXX xodimi J.Xudoynazarov, “Nuroniy” jamg’armasi Guliston shahar bo’limi raisi Q.Abdullaev, Sirdaryo viloyati prokuraturasi bo’lim boshlig’i M.Sulaymonov, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi o’ronbosari, viloyat Kengashi deputati M.Xayitov, prorektorlar, fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari, professor-o’qituvchilar va 512 nafar talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar bugungi kunda tinchlikni asrash, turli qo’poruvchilik harakatidagi ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolishni oldini olish va profilkatikasi haqida o’z fikr-mulohazalarini aytib o’tishdi. Qolaversa, muqaddas dinimiz Islom dinining haqiqiy ahkomalarini soxtalari bilan aralashtirmaslik borasidagi maslahatlarini berishdi. Tadbirning ikkinchi qismida ishtirokchilar bilan savol-javob o’tkazdi. Tadbir so’ngida O’zbekiston teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan “Xujradagi zulmat” mavzusidagi hujjatli film namoyish etildi.

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

“Diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlik g’oyalarini talaba yoshlar orasida keng targ’ib qilish”

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 sentyabrdagi “Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 736-sonli qarori va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 31 oktyabrdagi 01-07G’256-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1 noyabr kuni Guliston davlat universiteti madaniyat saroyida “Diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlik g’oyalarini talaba yoshlar orasida keng targ’ib qilish” mavzusida professor-o’qituvchilar, talabalar va diniy ulamolar bilan uchrashuv o’tkazildi.

Tadbirda universitet ma’naviy-ma’riy ishlar bo’yicha prorektor R. Mahmudov, Sirdaryo viloyati prokuraturasi bo’lim boshlig’i M.Sulaymonov, Guliston shahar IIB inspektori A.Usmonov, Sirdaryo viloyati bosh imim xatibi Z.Xoldorov, GulDU “MG’, MA va H” kafedrasi o’qituvchisi H.Usmonova, universitet professor-o’qituvchilari va 500 nafar talaba ishtirok etdi. So’zga chiqqanlar diniy bag’rikenglik tushunchasi, ma’no va mazmuni, unign millatlararo munosabatlar tizimidagi o’rni haqila fikr bildirishdi. Asosiy masala sifatida Diniy bag’rikenglikning yoshlar tarbiyasidagi o’rni haqida so’z yuritishdi. Tadbir so’ngida ishtirokchilar savollariga ma’ruzachilar tomonidan javoblar berildi.

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

1283 | 2018-12-11 11:19
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish