Yo'riqnoma

Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat negizida o’qitish kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to’g’risida”gi Nizom magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibi, umum qabul qilingan xalqaro standartlarga binoan, magistrlik dissertasiyasi mazmuni va sifatiga qo’yiladigan mezonlar va talabalarni belgilaydi.

Nizomning 4-bandiga ko’ra, oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashni muvofiqlashtirishni magistratura bo’limlari amalga oshiradi, ular kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni:

magistrlar tayyorlash bo’yicha o’quv jarayonini  tashkil etish va amalga oshirishiga, ularga taqdim etilayotgan ta’lim va o’qitish sifatini nazorat qilishga ko’maklashishni;

o’quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini;

oliy ta’lim muassasalari bilan bo’linmalarining magistrlar tayyorlash bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;

magistrlarni o’qitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringini amalga oshirishni magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlaydi.

Guliston Davlat Universiteti

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?