Mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasi – doimiy e’tiborimizda

Oliy ta’lim tizimida mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasi masalalariga alohida e’tibor qaratilishi, xodimlarning salomatligi va xavfsiz mehnat qilishi uchun zarur sharoitlarning yaratilishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Guliston davlat universitetida ham mazkur masalalar doimiy ravishda nazorat ostida bo‘lib, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti ushbu yo‘nalishda muhim vazifalarni bajarib kelmoqda. Jumladan:

  • Mehnat sharoitlarini yaxshilash, xodimlar uchun qulay va xavfsiz ish joylarini ta’minlash bo‘yicha muntazam monitoring olib boriladi.
  • Mehnat muhofazasi qoidalari bo‘yicha seminarlar, o‘quv mashg‘ulotlari va tushuntirish ishlari o‘tkazilib, xodimlarning huquqiy hamda amaliy savodxonligi oshirib boriladi.
  • Texnika xavfsizligi vositalari bilan ta’minlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish choralariga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, universitetimizda ishlab chiqarish jarayonlari, xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari yuzasidan axborotlarni yig‘ish va tahlil qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Har bir holat bo‘yicha tezkor choralar ko‘riladi, sabablar o‘rganiladi va ularni bartaraf etishga qaratilgan profilaktik tadbirlar ishlab chiqiladi.

Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti raisi sifatida ta’kidlab o‘tmoqchimanki, mehnatkashlarning salomatligi, xavfsizligi va huquqlari bizning eng katta qadriyatimizdir. Shu bois universitetda barcha xodimlar uchun qulay mehnat muhitini yaratish, kasbiy kasalliklarning oldini olish va baxtsiz hodisalarning yuz bermasligini ta’minlash borasidagi ishlar doimiy ravishda davom ettiriladi.

Guliston davlat universiteti boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti raisi A.Yusufaliyev


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?