Ma'naviy va madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar ajdodlarimizdan meros

12.05.2024 yil kuni  “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasining faol professor o‘qituvchilari bilan ko‘hna, go‘zal hamda tarixiy shaharlarimizdan bo‘lgan Samarqand shahriga Guliston davlat universiteti kasaba uyushmasi raisi A. Yusufaliev tomonidan tashkillashtirilgan sayohatga borishdi. Sayohatdan maqsad tarixiy obidalar bilan tanishish va ziyorat qilish ma'naviy va madaniy ozuqa olishdan iborat bo‘ldi. Birinchi bekat “Go‘ri Amir”  maqbarasi ziyoratgohiga kafedra professor o‘qituvchilari tashrif buyurishdi u yerda bobokolonimiz bo‘lgan davlat arbobi A.Temur qabrini ziyorat qilishdi va har xil davlatlardan kelgan turistlar bilan ingliz tilida muloqatlashib ko‘hna diyorimiz haqida suhbatlashdilar.  Keyingi bekat “Registon” majmuasi bo‘lib, bir necha binolarga ega bo‘lgan bu ansanbl' kafedra professor o‘qituvchilarda tarixga  bo‘lgan hayrat va hayajon xislarini egalladi. Har yili kuz mavsumida bo‘lib o‘tadaigan “Sharq taronalari” festivali aynan shu yerda bo‘lib o‘tishi va buni televidenie orqali   tamosho qilishlarini aytib o‘tdilar. Bu yerdan kafedra professor o‘qituvchilari  esdalik uchun suvinirlar, sovg‘alar xarid etishdi va esdalik rasmlarga tushishdi. Kafedra professor o‘qituvchilari tushlikni “Labig‘or” restoranida qilib, “Bibixonim” madrassasi tomon yo‘l olishdi binoning go‘zal arxitekturasidan bahramand bo‘lib, u yerda musulmon olaming muqaddas kitobi Qur'on kitobining nusxasiga guvoh bo‘lishdi. Shundan so‘ng Samarqand shahrining eng katta bozorlaridan biri bo‘lgan “Siyob”  bozriga kelishdi va u yerdan  professor o‘qituvchilar takrorlanmas ta'mga ega bo‘lgan Samarqand noni va xalvolaridan harid qildilar. “Siyob”  bozri bilan tutash qo‘chada joylashgan   “Xo‘jai Xizr” maqbarasi bo‘ldi shu yerni o‘zida O‘zbekiston Respublikasining  muxtaram birinchi prezidenti I.A.Karimovni qabrini ziyorat qilishdi  va maqbara bo‘ylab O‘rta Osiyodagi mashhur me'morchilik ansambllardan biri hisoblangan “Shohizinda” maqbarasini ziyorat qilildilar ushbu maqbara o‘ziga xos yo‘laklari va mahobatli binolari bilan ahamiyatlidir. Bundan tashqari kafedra professor o‘qituvchilari  bir necha tarixiy obidalarga tashrif buyurishdi va  Samarqand shahri ko‘chalari yanada chiroyli  bo‘lgani va turistlar bizning mamlakatimizga qiziqish va  tariximizga bo‘lgan xurmatni ko‘rishdi. Safar yakunida o‘z ta'surotlari bilan o‘rtoqlashdi “Ota bobolarimizning bunyodkorlik salohiyati yuksak bo‘lganliklari qurgan inshoatlari va qoldirgan tarixiy merosdan  ham ko‘rsak bo‘ladi”- dedi kafedra v.b. dosenti Sh.R.Hakimova. Kafedra professor o‘qituvchilari  o‘zlariga ma'naviy va madaniy ozuqa olganliklari bamisoli  ertaklar olamida yurgandek bo‘lishgani aytishdi va O‘zbekistonda bunday tarixiy obidalar ko‘pligi, bundan buyon ham shunday joylarga ko‘plab sayohatlar uyushtirilishi tarafdorligini bildirishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?