GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI TYUTORLIK LAVOZIMLARIGA ISHGA QABUL QILADI
Guliston
davlat universiteti Filologiya, Tibbiyot va San’atshunoslik
fakultetlariga tyutorlik lavozimlari uchun bo‘sh ish o‘rinlariga ochiq
tanlov e’lon qiladi.
Lavozim nomi:
- Tyutor
Ish joyi:
- Guliston davlat universiteti
(Filologiya, Tibbiyot va San’atshunoslik fakultetlari)
Asosiy vazifalar:
- Talabalarning o‘quv va tarbiyaviy
jarayonini kuzatib borish;
- Akademik maslahatlar
berish;
- Talabalar bilan individual
ishlash;
- Oliy ta’lim tashkilotida tyutorlik
faoliyati bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarish.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
- O‘z mutaxassisligi bo‘yicha yetarli bilim
va ko‘nikmaga ega bo‘lish;
- Mas’uliyatli, muloqotga kirisha oladigan
bo‘lish;
- Me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilish va
amalda qo‘llay olish.
- Tyutorlik lavozimiga ishga
qabul qilish mezonlari asosida tanlov tashkil etiladi;
- Bo‘sh ish o‘rinlari va
ishga qabul qilingan tyutorlar haqidagi ma’lumotlar universitetning rasmiy
veb-saytida doimiy e’lon qilib boriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot:
Guliston davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


