Huquqshunoslar bilan uchrashuv

2019 yil 10 sentyabr kuni Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti talabalari bilan Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi hamda nodavlat notijorat tashkiloti xodimlari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor F.Niyazov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Sh.Abdurasulov, Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi Z.Haydarova, Sirdaryo viloyat “Yurt istiqboli” ijtimoiy-axborot markazi direktori M.Malikova, professor-oʻqituvchilar va           86 nafar talabalar qatnashdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar yoshlarimizga huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy savodxonlik bu juda keng tushuncha ekani, huquqiy madaniyati yuksak inson qonunlarga itoatkor boʻlishi, hamisha unga boʻysinishi va qonunlarga nisbatan hurmat bilan qarashi ekani, ijtimoiy-siyosiy faol fuqarolar jamiyatda roʻy berayotgan voqea-hodisalarga ongli munosabatda boʻlib, islohotlarga daxldorligini sezib, davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik masʼuliyatini his qilib yashashi, eng muhimi, ular mamlakat taraqqiyotiga amaliy hissa qoʻshishga harakat qilishida ekani, bugungi yoshlarimiz ham doim huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirib borishi zarurligini taʼkidladilar.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan Sirdaryo viloyat “Yurt istiqboli” ijtimoiy-axborot markazi direktori Muqaddas Malikova tomonidan odam savdosi va uning salbiy oqibatlari, mamlakatimizda “Odam savdosiga qarshi kurashish” boʻyicha bir qator qonunlar qabul qilingani, odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Respublika Idoralararo komissiyasi tashkil etilgani, ushbu respublika idoralararo komissiyaning chora-tadbirlar rejasiga asosan joylarda  targʻibot tadbirlari olib borilayotgani haqida gapirib, yoshlarning maʼnaviyati, ongida toʻgʻri qarashlarni mustahkamlash, odam savdosi jinoyatchiligini yurtimizda chuqur ildiz otishiga yoʻl qoʻymaslik, kelajagimiz egasi boʻlgan farzandlarimizni bu illat domiga tushib qolishdan asrashimiz shart ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Guliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat Universiteti

251 | 2019-09-16 16:45
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish