O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-dekabrdagi qaroriga asosan respublikada chiqindilarni alohida yig‘ish tizimi bosqichma-bosqich quyidagi tartibda joriy etilmoqda
1-bosqich – 2021-yilda Toshkent shahrining aholi turar joylaridagi chiqindilarni yig‘ish punktlari hududida maishiy chiqindilar “qayta ishlanadigan” va “qayta ishlanmaydigan” chiqindilarga bo‘lindi.
2-bosqich – 2022-yil Toshkent shahrida “qayta ishlanadigan” va “qayta ishlanmaydigan” toifalarga bo‘lingan maishiy chiqindilarni yig‘ish “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshirila boshlandi.
3-bosqich - 2024-2028-yillarda Respublika hududida “qayta ishlanadigan”, “qayta ishlanmaydigan”, “organik”, “xavfli maishiy chiqindilar” va boshqa toifalari bo‘yicha tizim bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
