Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisida Qonun
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisida Qonun

“O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida” Qonun

(O’RQ-629-son, 21.07.2020 y.)

Qonun bilan “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi kodeks 197⁵-modda bilan to’ldirildi.

Unga ko’ra, ta’lim muassasalari pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishga to’sqinlik qilish javobgarlikka sabab bo’lishi belgilandi.

Bunday huquqbuzarlik uchun

FUQAROLARGA 1 mln 115 ming so’mdan 2 mln 230 ming

MANSABDOR ShAXSLARGA  1 mln 561 ming so’mdan 3 mln 345 ming so’mgacha jarima qo’llanishi mumkin.

Ushbu huquqbuzarlik sodir etilganda ta’lim muassasasining pedagog xodimi ma’muriy BAYoNNOMA TUZMASDAN o’z arizasida huquqbuzarning shaxsi, huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati to’g’risidagi ma’lumotlarni hamda boshqa zarur bo’lgan ma’lumotlarni ko’rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Tezkor va maxsus xizmatlarning ko’k yoki qizil yoxud ko’k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yo’l bergan haydovchilar tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar foto- va videoqayd etish maxsus texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, haydovchilarning ma’muriy huquqbuzarligi oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topiladi va MA’MURIY ISh TUGATILADI.

Transport vositalarining to’siqsiz o’tib ketishiga halaqit berish bir yil davomida takror sodir etilsa, 5 mln 575 ming so’m miqdorida jarimaga tortilishi mumkin (amalda 4 mln 460 ming so’m edi).

Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga etmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun JAVOBGARLIK ChORALARI KUChAYTIRILDI.

Kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini retseptsiz sotganlik uchun MA’MURIY VA JINOIY JAVOBGARLIK BELGILANDI.

-tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo’lgan dori vositalarini retsept bo’yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etganlik 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o’tgach amalga kiritiladi.

474 | 2020-09-21 12:43

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2021
-->