Universitetning Respublika talabalar fan olimpiadasi g’oliblari haqida ma’lumot.
2016-2017-o’quv yilida talabalar Respublika Fan olimpiadasida ishtirok etgan Pedagogika fakulteti, Musiqa yo’nalishi, 1-kurs talabasi Mamatova Nozima Faxriddin qizi Rus tili (umumkasbiy) fani bo’yicha, Filologiya fakulteti, Qozoq tili yo’nalishi, 3-kurs talabasi Asetova Baljan Nurbaevna “Qozoq tili va adabiyoti (mutaxassislik)” fani bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritib, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorlig’i va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandilar.