Guliston davlat universiteti professor-oqituvchilar va talabalarning xorijiy safarlari

Bugungi kunda Guliston davlat universiteti xalqaro aloqalar bo’limi IWMI, ICARDA va JIRCAS tashkilotlari bilan o’z hamkorligini o’rnatgan.

Jumladan, universitet ERASMUSMUNDUS“TIMUR: (Obuchenie lits cherez mobilnost k Evropeyskomu Soyuz ot Respubliki Uzbekistan)” va ERASMUSQ “RENES: (Razrabotka magisterskoy programmo’ po vozobnovlyaemo’m istochnikam energii i ustoychivoy okrujayuhey sredo’)” loyixalari dasturi doirasidagi Evropa Ittifoqi mamlakatlari OTMlari  bilan hamkorlik ishlarini amalga oshirib kelmoqda.

Tabiiy fanlar fakulteti, “Tuproqshunoslik” kafedrasi o’qituvchisi Raxmonov Ikrom 14.11.2016-14.01.2017bo’lgan muddatga Chexiya Respublikasi Praga shahridagi Tabiiy fanlar universitetida (Czech University of Life Sciences (CULS)) Evropa Ittifoqining Erazmus Mundus dasturi TIMUR loyihasi doirasida malaka va tajriba oshirib keldi.

Tabiiy fanlar fakulteti, “Biologiya” kafedrasining katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti 3-bosqich izlanuvchisi Ablakulova Nodira Abduvoxobovna Evropa Ittifoqining Erazmus Mundus dasturi TIMUR loyixasi mablag’lari hisobidan 2016-yil 1ddekabrdan 2017-yil 1-iyungacha bo’lgan muddatga Slovakiyaning Nitra shahridagi Slovakiya qishloq xo’jaligi universitetida, 6 oylik malaka oshirish va ilmiy tadqiqot ishlarini tugatib keldi.

Iqtisodiyot kafedrasi professori Ahmadjon Mamatov Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida 2017-yil 30-31 mart kunlari “Povorot mirovoy istorii. Novaya strategiya Rossii ” mavzusida bo’lib o’tgan xalqaro iqtisodchilar forumida ishtirok etib keldi.

Tabiiy fanlar fakulteti dekani Habibjon Qo’shiev Ozarbayjon Respublikasi Fanlar Akademiyasining Botanika institutida “Dorivor o’simliklarni etishtirish va qayta ishlash” mavzusida 2017-yil 5-15 aprel kunlari seminar treningda ishtirok etib keldi.

Joriy yil 3-may kuni Germaniya Federativ Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Naynxart Xyofer-Vissing O’zbekiston - Germaniya munosabatlarining 25 yilligining hamkorligi mavzusida Guliston davlat universitetiga tashrif buyurdi. Rektorat kichik majlislar zalida universitet Rektori, prorektorlar, dekanlar, professor-o’qituvchilar va talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Elchi janoblari uchrashuvda universitet tashkiliy va ta’lim tizimi, ish faoliyati bilan tanishdi, chet el, xususan, Germaniyaning etakchi OTMlari bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

2016-yildan boshlab (15.10.2016-14.10.2019) Guliston davlat universiteti ErasmusQ (Tempus) dasturining 574055-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-JP “RENES: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasida magistrlik dasturini ishlab chiqish” loyihasida hamkor OTM sifatida o’z ilmiy faoliyatini davom ettirmoqda.

Xususan, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Azamat Shaimkulov va Fizika kafedrasi dotsenti Shavki Niyazovlar “RENES: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasida magistrlik dasturini ishlab chiqish” mavzusidagi 2017 -yil 29.05.2017 – 02.06.2017 kunlari navbatdagi loyiha doirasida tashkil etilgan plenar yig’ilishda ishtirok etib kelishdi.

“Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquqiy ta’lim” kafedra katta o’qituvchisi Djanibekova Nodira Abdusalomovna 2017-yil 10-12 sentyabr  kunlari Qozog’iston Respublikasining Alma-Ata shahrida Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazida (MOMEM) o’tkazilgan “Rol molodo’x liderov v ustoychivom razvitii Tsentralnoy Azii” mavzusidagi navbatdagi 8-sessiyasida maruza bilan ishtirok etib keldi.

“Rus tili va adabiyoti” kafedrasi, professori Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich 2017 yil 25-28 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Yaroslavl davlat pedagogika universitetida o’tkazilgan “Obrazovanie cherez vsyu jizn: neprero’vnoe obrazovanie v interesax ustoychivogo razvitiya” mavzusidagi XV – xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyada ma’ruzachi sifatida ishtirok etib keldi.

Tabiiy fanlar fakulteti magistranti Yodgor Normatov joriy yil 27 sentyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Pekin qishloq xo’jalik universitetiga 10 oy davomida stajirovka va ilmiy tadqiqot ishini tugatish maqsadida jo’nab ketdi.

Filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti ta’limi yo’nalishi      3-kurs talabasi Bobur Sherqo’ziev 14.10.2017 - 22.10.2017 kunlari Rossiya Federatsiyasi Sochi shahridagi Olimpiya parkining bosh mediatsentrida  bo’lib o’tgan XIX Butunjahon yoshlar va talabalar festivalida ishtirok etib keldi.

Joriy yil 1 noyabr kuni Bangladesh Xalq Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Mosud Mannan Guliston davlat universitetiga tashrif buyurdi. Mosud Mannan Bangladeshda qishloq xo’jaligi sohasida erishilgan yutuqlar va tajribalar shuningdek ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Azamat Shaimkulov va Fizika kafedrasi dotsenti Shavki Niyazovlar “RENES: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasida magistrlik dasturini ishlab chiqish” mavzusidagi 2017 yil 28.11.2017 – 02.12.2017 kunlari loyiha doirasida tashkil etilgan 3-plenar yig’ilishda ishtirok etib kelishdi.

Joriy yil 14 dekabr kuni Suv infrastrukturasi bo’yicha AQShlik mutaxassis Djonax Sheyn va Toshkentdagi AQSh elchixonasi xodimi Biryukova Ekaterinalar Guliston davlat universitetiga tashrif buyurdilar. Djonax Sheyn Amerika Qo’shma Shtatlarida suvdan oqilona foydalanish va suvni qayta tozalash tizimining yo’lga qo’yilganligini Kaliforniya shtati misolida taqdimot qilib berdi.

 

 Xalqaro aloqalar  bo’lim boshlig’i

 A. Shaimkulov

 

844 | 2018-01-29 16:59
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish