GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...                     Yuksak manaviyat engilmas kuch. Islom Karimov.

Guliston davlat universiteti akademik litseyi

Guliston davlat universiteti akademik litseyi

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 26-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish  to’g’risida”gi  PQ-3290-sonli  qaroriga muvofiq, Guliston 1-akademik litseyi Guliston davlat universiteti tasarrufiga o’tkazildi va Guliston davlat universiteti akademik litseyi deb nomlanishi tavsiya etildi.

Guliston davlat universiteti akademik litseyida jami 122 nafar professor-o’qituvchilar 1291 nafar o’quvchiga ta’lim va tarbiya berib kelishmoqda. Ulardan 92 nafari asosiy shtatdagi, 8 nafari ichki va 22 nafari tashqi o’rindoshlik asosida ishlashadi.

Asosiy shtatdagi o’qituvchilardan 60 nafari (66%) 2017- yilda attestatsiyaga jalb qilindi. Ularning barchasi attestatsiyadan muvaffaqiyatli o’tishdi va malaka toifalariga ega bo’lishdi. Asosiy o’qituvchilar salohiyati bo’yicha quyidagicha ko’rsatgichga ega, ya’ni 9 nafar (10%) bosh o’qituvchi,17 nafar (18%) etakchi o’qituvchi, 30 nafar (32%) katta o’qituvchi, umumiy 56 nafari (61%) toifaga ega o’qituvchilardir. Qolgan 36 nafar o’qituvchi 2018 yilda attestatsiyaga jalb etilishi rejalashtirildi.

Guliston davlat universiteti o’qituvchilari bilan hamkorlikda akademik litsey o’qituvchilarining darslari tahlil qilinmoqda. Universitet, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, umumta’lim maktablarida ishlovchi kamida 5 yillik pedagogik ish stajiga ega bo’lgan tajribali o’qituvchilar tarkibidan zahira shakllantirildi.

2016-2017 o’quv yilida akademik litseyni 414 nafar o’quvchi tamomladi. Ulardan 189 nafari oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilindi. O’qishga kirganlarning 88 nafari Guliston davlat universitetiga, 67 nafari respublikaning turli xil oliy ta’lim muassasalariga  34 nafari xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalariga o’qishga kirishga muvaffaq bo’lishdi. Kirish ko’rsatkichi 45,6 foizni tashkil etdi.

Guliston davlat universiteti akademik litseyining bino va inshootlari, yer maydonlari va boshqa barcha moddiy-texnika boyliklari xatlovdan o’tkazildi va ular moddiy javobgar shaxslarga o’rnatilgan tartibda biriktirildi. Akademik litseyni malakali o’qituvchilar bilan ta’minlash choralari ko’rilmoqda. Akademik litseyning pedagog xodimlarini 2018- yilda qayta tayyorlash va malakasini oshirish rejalari ishlab chiqildi.

GulDUning byudjetdan tashqari mablag’lari (to’lov-kontrakt asosida o’qish uchun tushumlarning faqat to’lov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litsey uchun o’quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o’quv qo’llanmalar sotib olish hamda akademik litseyning o’qituvchi va o’quvchilarini moddiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha 3 yillik chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi, tasdiqlandi va amalga oshirish choralari ko’rilmoqda.

 

904 | 2018-01-29 18:40
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

 
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.
Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!

Powered by Anvar Abduqayumov 2017 - 2018