GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...                     Yuksak manaviyat engilmas kuch. Islom Karimov.

Universitetning ilmiy loyiha va grantlari

Universitetning ilmiy loyiha va grantlari haqida ma’lumot.

Hisobot yilida universitetda davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtirilgan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida  2015-2017- yillarga mo’ljallangan 8 ta amaliy ( 2017- yildagi moliyaviy mablag’i 464,7 mln. so’m), 1 ta yosh olimlarning amaliy (2017- yilda ajratilgan moliyaviy mablag’i 32,2 mln so’m) va 1 ta innovatsion ilmiy-tadqiqot (2017- yilda ajratilgan moliyaviy mablag’i 66,5 mln so’m)  ishlari bajarildi. Jumladan, Pedagogika fanlari doktori, professor M. Djoraevning ITD-A-1-26 raqamli “Uzluksiz ta’lim tizimida fizika o’qitishni ehtimoliy-statistik g’oya va tushunchalarni shakllantirish asosida takomillashtirish va o’quv qo’llanma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihaning yakunlovchi bosqichi (2017 yil)da 37,6 mln.so’mlik tadqiqot ishlari bajarilib, unda ilmiy va ilmiy - metodik adabiyotlar va akademik litseylarning fizika fani bo’yicha o’quv dasturi, darsliklar va o’quv qo’llanmalarni tahlil qilish asosida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining fizika fanini o’qitish jarayoniga ehtimoliy-statistik g’oya va tushunchalarning kiritilish holati izchil ketma-ketlik asosida tahlil qilindi. Tahlil asosida akademik litseylar va kasb- hunar kollejlarida fizika kursining tegishli bo’limlarini o’qitishda ehtimoliy-statistik g’oya va tushunchalarni kiritish o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kuchaytirishi va fizikani o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini orttirishi, makro- va mikroolam hodisalarining o’ziga hos xususiyatlarini fizikaviy tahlil etish malakalarini oshirishi   to’g’risida xulosalar olindi.

Biologiya fanlari doktori, professor H. Qo’shievning “A-9-27 Batat, kartoshka va topinamburning abiotik omillarga chidamlilik xususiyatlarini taxlili va sho’rga chidamli liniyalarini in vitro usuli yordamida yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqotlari asosida        76,5 mln.  so’mlik ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilib, sho’rlanish sharoitida batat, kartoshka va topinamburning nav va liniyalarida tuganak hosil qilish holati o’rganildi va batatning 3 ta, kartoshkaning 2 ta liniyasi nav sinash komissiyasiga selektsiya yutug’i sifatida taqdim etildi.

Pedagogika fanlari doktori, professor R.Xolmuxammedovning A-1-97 "Talabalarni sog’lomlashtirish tizimi bo’yicha klaster modelini yaratish" mavzusidagi amaliy tadqiqoti bo’yichahisobot yilida 35,3 mln. so’mlik ish bajarilib, talabalarni sog’lomlashtirish tizimi bo’yicha klaster modelini yaratish bo’yicha amaliy tadqiqot ishlari yakunlandi. Natijada respublika oliy ta’lim muassasalarining 1000 dan ortiq talabalarining salomatlik ko’rsatkichlari o’rganildi va ilmiy taxlil etildi.

Biologiya fanlari doktori, A.Pozilovning A-7-53 raqamli: “O’zbekistonda gelmint kasalliklarini tarqatishda ishtirok etadigan quruqlik mollyuskalarining tur tarkibini aniqlash va ularning xo’jalik ahamiyatini o’rganish” mavzusidagi 58,8 mln.so’mlik ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi bajarilib, gelmint kasalliklarni tarqatishda ishtirok etadigan quruqlik mollyuskalarning taksanomik tarkibi anqlanadi va adir mintaqasi yaylovlarida oraliq xo’jayin sifatida ishtirok etadigan quruqlik mollyuskalarning tarqalish xaritasini  tuzish davom ettirildi. Shuningdek, qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent I.O’razboev rahbarligida: “Sug’oriladigan bo’z-o’tloqli tuproqlarni mulchalash va kam ishlov berish orqali unumdorligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida   64,7 mln. so’mlik, qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent T Turdiqulov rahbarligida A-8-4 raqamli: “Go’sht etishtirishni ko’paytirishda hisor zotli qo’ylarining irsiy imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusidagi amaliy loyihada 64,7 mln.so’mlik, texnika fanlari doktori N.Barakaev rahbarligida A-3-46 raqamli: “Don tozalash va saralash qurilmalari samaradorligini hisoblash hamda ularni loyihalash usullarini takomillashtirish” mavzusida 64,7 mln. so’mlik, texnika fanlari nomzodi, dotsent O.Raxmatov rahbarligida  A-9-23 raqamli “Uzum maxsulotlarini kayta ishlashning resurs tejamkor, yukori samarali texnologiyasini ishlab chikish”mavzusida 62,4 mln. so’mlik amaliy loyihalar, va  yosh o’qituvchi A.Kenjaev rahbarligida YoA-7-4 raqamli:  “Sho’rlangan tuproqlar unumdorligini oshiruvchi agrobiotexnologiyalar” mavzusida  32,2 mln so’mlik yosh olimlarning amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalari bajarildi. Quyidagi jadvalda davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirilgan ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan ilmiy loyihalar bo’yicha hisobot davrida erishilgan eng muhim ilmiy natijalar keltiriladi.

1- jadval

Ilmiy-texnika dasturlari va loyihalari bo’yicha hisobot davrida erishilgan eng muhim ilmiy natijalar

 

Loyiha shifri

Loyiha mavzusi

Loyiha ilmiy rahbari F.I.Sh, ilmiy darajasi

Olingan eng muhim ilmiy natijalar

Natijaning fan, ta’lim va ishlab chiqarish tizimiga joriy etilishi

Amaliy tadqiqotlar Davlat ilmiy-texnika dasturlari loyihalari

1

A-1-26

Uzluksiz ta’lim tizimida fizika o’qitishni ehtimoliy-statistik g’oya va tushunchalarni shakllantirish asosida takomillashtirish va o’quv qo’llanma yaratish

Djoraev M., pedagogika fanlari doktori

Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida fizika kursini o’qitishda ehtimoliy-statistik g’oya va tushunchalarni kiritish o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kuchaytiradi va fizikani o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi degan xulosaga kelindi

O’tkazilgan

tadqiqotlar asosida 1 ta o’quv qo’llanma, ilmiy –metodik jurnallarda

5 ta maqola va respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallarida 13-ta, xalqaro miqyosdagi konferentsiyada 1 ta ma’ruza tezisi e’lon qilindi

2

A-9-27

 Batat, kartoshka va topinamburning abiotik omillarga chidamlilik xususiyatlarini tahlili va sho’rga chidamli liniyalarni in vitro usuli yordamida yaratish

Kushiev H., biologiya fanlari doktori, professor.

Sho’rlangan tuproq sharoitida batat, kartoshka va topinamburning nav va liniyalarida tuganak hosil qilish holati o’rganildi va batatning 3 ta, kartoshkaning 2 ta liniyasi nav sinash komissiyasiga selektsion yutuq sifatida taqdim etildi.

Olingan natijalar asosida xorijiy nashrlarda 3 ta, respublika nashrlarida 5 ta maqola va respublika miqyosidagi anjumanda 7 ta, xalqaro miqyosdagi anjumanlarda 3 ta tezis chop etildi.

3

A-1-97

"Talabalarni sog’lomlashtirish tizimi bo’yicha klaster modelini yaratish"

 

R.Xolmuhammedov pedagogika fanlari doktori.

Respublika oliy ta’lim muassasalaridagi 1000 dan ortiq talabalarining salomatlik ko’rsatkichlari o’rganildi va ilmiy taxlil etildi.

 

Olingan natijalar asosida mahalliy nashriyotlarda 3 ta, xorijiy nashrlarda 2 ta maqola, respublika miqyosidagi anjumanlarda 6 ta va xalqaro miqyosdagi anjumanda 2 ta tezis chop etildi

4

A-9-23.

Uzum mahsulotlarni qayta ishlashning resurstejamkor, yuqori samarali texnologiyasini ishlab chiqish

O.Raxmatov texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Uzum mevalarining turli yacheykali tebratkich orqali o’tish shartini, ya’ni kesishuvchi yacheykalarning o’lchamlari va joylashishini hamda tebranish ampledudasi aniqlandi.

Uzum meva shoxchalarini uzishda psevdo-tabranma qaynovchi qatlamning maqbul rejimlari aniqlandi

Tadqiqot natijalari asosida xorijiy ilmiy nashrlarda 4 ta maqola, respublika miqyosidagi anjumanlarda 5 ta va xalqaro miqyosdagi anjumanda 3 ta maruza tezisi chop etildi. Intellektual mulk agentligidan

3 ta patent olindi

5

A-7-53 

“O’zbekistonda gelmint kasalliklarni tarqatishda ishtirok etadigan quruqlik mollyuskalarning tur tarkibini aniqlash va ularning xo’jalik ahamiyatni o’rganish”

 

A.Pozilov biologiya fanlari doktori.

Gelmint kasalliklarni tarqatishda ishtirok etadigan quruqlik mollyuskalarning taksanomik tarkibi anqlanadi va adir mintaqasi yaylovlarida oraliq xo’jayin sifatida ishtirok etadigan quruqlik mollyuskalarning tarqalish xaritasini  tuzish davom ettirildi

Tadqiqot natijalari asosida 1 ta monografiya, mahalliy jurnalda 3 ta, respublika miqyosidagi anjumanda 5 ta va xalqaro miqyosdagi anjumanlarda 3 ta ma’ruza tezisi chop etildi.

6

A-8-4

 “Go’sht etishtirishni ko’paytirishda hisor zotli qo’ylarining irsiy imkoniyatlari

dan     foyda

lanish”

 

 

 

T.Turdiqulov qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent.

Jaydari sovliqlarini Surxandaryo viloyatidan keltirilgan hisor zotli qo’chqorlar bilan chatishtirish ishlari olib borildi.2015 yilda zotlararo chatishtirishdan olingan duragay avlodlarning o’sishi va rivojlanishi o’rganildi hamda mahalliy zot vakillari bilan qiyosiy taqqoslandi.

Tadqiqot ishlari yuzasidan 1 ta uslubiy qo’llanma, 1 ta buklet, 3 ta mahalliy jurnalda ilmiy maqola, 2 ta xalqaro miqyosdagi va 2 ta respublika miqyosidagi anjumanda ma’ruza tezisi chop etildi.Amaliy tadqiqot natijalari Boyovut tumanidagi “Abdujabbor” fermer xo’jaligiga tatbiq etildi.

7

A-7-40-

Sug’oriladigan bo’z-o’tloqi tuproqlarni mulchalash va kam ishlov berish orqali unumdorligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish

 

I.O’razboev

qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent.

Olib borilgan tajriba natijasida organik moddalar bilan mulchalangan variantlarda bug’doy hosildorligi  yuqori bo’lganligini ko’rsatdi, shuningdek, g’o’zaning o’sishi va rivojlanishi, hosildorlik ko’rsatkichlari nazoratga nisbatan yuqori ekanligi isbotlandi.

Tadqiqot natijalari asosida mahalliy jurnalda 2 ta va xorijiy jurnalda 3 ta maqola, xalqaro anjumanda 5 ta va respublika miqyosidagi anjumanda 7 ta ma’ruza tezisi chop etildi. Tadqiqot natijalari bo’yicha 1 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilindi.

8

A-3-46

 “ Don tozalash va saralash qurilmalari samaradorligini xisoblash hamda ularni loyihalash usullarini takomillashtirish”

 

N.Barakaev texnika fanlari doktori.

Donni tozalash va navlarga ajratish uskunalarini takomillashtirishni loyihalash bo’yicha hisob-kitob ishlari davom ettirildi.

 

Tadqiqot yuzasidan 1 ta monografiya, 3 ta mahalliy va 2 ta xorijiy jurnalda ilmiy maqola, 3 ta   xalqaro va 3 ta respublika miqyosidagi anjumanlarda ma’ruza tezislari chop etildi.

Yoshlarning amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalari:

4

YoA-7-4

Sho’rlangan tuproqlar unumdorligini oshiruvchi agrobiotexnologiyalar

Kenjaev A. - o’qituvchi

Tajriba uchun 5 gektar sho’rlangan erga ekilgan shirinmiya o’simligining o’sish va rivojlanishi monitoring qilib borildi. Shirinmiyaning ildiz va er ustki biomassasi aniqlandi.

Kuzatuv natijalari asosida 2 ta mahalliy jurnalda ilmiy maqola va 3 ta respublika miqyosidagi anjumanda ma’ruza tezisi chop etildi. Tadqiqot ishlari yuzasidan Yoshlarning innovatsion g’oyasi ko’rik-tanlovida ishtirok etib, 2-o’rinni egalladi.

             

 

 

 

 

 

 

Loyiha ishtirokchilari bajarilayotgan grant loyihalari natijalari yuzasidan Respublika va Xalqaro miqyosda o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlar va seminarlarda ma’ruza qilib, mamlakatimiz va chet el ilmiy jurnallarida maqolalarini chop ettirishdi. 

Universitet professor-o’qituvchilari tomonidan davlat byudjetidan ta’minlangan grant loyihasi bo’yicha olib borilayotgan  ilmiy-tadqiqot ishlariga doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va iqtidorli talabalar ham jalb etilgan. Ularning faoliyati markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida  yoritib borilmoqda.

557 | 2018-01-09 11:45
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

 
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.
Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!

Powered by Anvar Abduqayumov 2017 - 2018