Kasaba uyushmasi qo'mitasi

kasaba.jpg

 

Kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi: Yusufaliyev Abdurahmon Tilovovich

Kontakt ma’lumotlar:

Tel.: (8367) 225-39-57

E mail: kasaba@yu.a.t.uz

Web sayt: guldu.uz

Qabul vaqti: 14:00 – 16:00

Guliston davlat universitet kasaba uyushmasi faoliyati

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to'g’risida»gi qonuni, «Jamoat birlashmalari to'g’risida», «Nodavlat notijorat tashkilotlar to'g’risida»gi qonunlari, Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi markaziy kengashining Ustavi va boshqa huquqiy hujjatlar hamda Guliston davlat universiteti rektori bilan tuzilgan jamoat shartnomasi va universitet nizomi, tarkibiy tuzilmasi asosida yuritadi.

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

  • Kasaba uyushma qo‘mitasi a'zolarini aqliy va erkinlik huquqlarini himoyalash borasida qonuniy va boshqa me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;
  • Mehnat qonunchiligi ustidan jamoa nazoratini amalga oshirish;
  • Jamoa shartnomalarini tuzish va mehnat faoliyatidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish;
  • Kasaba uyushma a'zolari bilan birgalikda madaniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazish;
  • Kasaba uyushma a'zolari va ularning farzandlarining sog‘ligini tiklash, jismoniy tarbiya va sportga jalb etish borasida ishlarni olib borish;

Kasaba uyushmasi ijtimoiy va nodavlat tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish va xalqaro aloqalarni o‘rnatish.

Kasaba uyushmasi tarkibi.

Hozirgi kunda professor-o'qituvchi va xodimlar kasaba uyushmasi qo'mitasiga 684 nafar kasaba uyushma a'zolarini birlashtirgan. Kasaba uyushma qo'mitasi 6 ta fakultet, 1 ta xo’jalik va bo’limlar boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlari mavjud. Qo’mitada 7 ta komissiya faoliyat ko'rsatadi.

Bu komissiyalar professor, o'qituvchi, xodimlarni ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan himoya qilish, ularning sharoitlarini yaxshilash, mehnat intizomini mustahkamlash, mehnat munosabatlarida paydo bo'lgan nizolarni hal etish, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasini ta'minlash, ommaviy sport, bayram tadbirlarini o'tkazish, shuningdek, professor, o'qituvchi va xodimlar sog’ligini yaxshilash, dam olishlarini ko'ngilli o'tkazishni tashkil etish, yoshlarni qo'llab – quvvatlash hamda jamiyatimizda ayollar mavqeini oshirish bilan shug’ullanadi.

Kasaba uyushma qo‘mitasining asosiy tarkibiy yo’nalishi:

  1. Konferensiya Kasaba uyushma qo‘mitasining oliy organi hisoblanadi va u besh yilda bir marotaba o‘tkaziladi.
  2. Kasaba uyushma qo‘mitasi Konferensiyalar orasida rahbar organ hisoblanadi va besh yil muddatga saylanadi.
  3. Konferensiya orasida rahbarlikni amalga oshirish Kasaba uyushma qo‘mitasi prezidiumi saylanadi. Prezidium majlislari uch oyda kamida bir marotaba o’tkaziladi.
  4. Konferensiyada Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, o‘rinbosarlari, qo‘mita a'zolari hamda taftish komissiyasi a'zolari saylanadi.
  5. Kasaba uyushma qo‘mitasi xodimlari Prezidiumi, Plenumi konferensiya qarorlari bajarilishini ta'minlashda qatnashadi.
  6. Kasaba uyushma qo‘mitasining mablag‘i a'zolarning oylik badali hisobidan tashkil topadi.

A'zolik badallari oylik maoshlarning kamida 1 foizi miqdorida belgilanadi.

Guliston davlat universiteti kasaba uyushmasi qo’mitasining vazifalari:

Universitet xodimlarining millati, jinsi, yoshi va diniy e'tiqodidan qat'iy nazar mehnat qilishi, ishni va kasbni erkin tanlashi, adolatli mehnat sharoitida ishlashi, ishsizlikdan himoya qilinishiga doir konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qiladi. O'qituvchi-xodimlar mehnatiga haq to'lash va mehnat tartibining ijtimoiy adolatli tizimini joriy etilishiga va unga rioya qilinishiga ko'maklashadi. Professor-o'qituvchi va xodimlarning ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirishda, ularning bo'sh vaqtlarini hamda dam olishlarini mazmunli tashkil qilishda faol ishtirok etadi. O'qituvchi va xodimlarga nisbatan mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish qonunlari talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi va ularning huquqiy himoyasini amalga oshiradi. O'qituvchi-xodimlar va ularning oila a'zolarini sog’lomlashtirish va sport bilan muntazam shug’ullanishlariga ko'maklashadi. Jamoada vujudga kelayotgan mehnat nizolarini bartaraf etishda tashabbuskorlik qiladi.

2017-yili Guliston davlat universiteti kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan bajarilgan ijtimoiy himoyalar:

Kasaba uyushmasi  a’zolarining mehnat va dam olish huquqlarini ta’minlash ularning ijtimoiy himoyasini tashkil etish xodimlar salomatligini mustahkamlash ishiga ko’maklashish, bo’sh vaqtning ko’ngilli o’tkazishlariga yordamlashish, kasaba uyushmalari amalga oshiradigan asosini tashkil etadi. Albatta, bu ishlarning barchasi rahbariyat bilan tuzilgan jamoa shartnomasining moddalariga asosan amalga oshiriladi: Mehnat nizolarini hal etish ham kasaba tashkilotining bosh vazifasi hisoblanadi. Professor o’qituvchilar va xodimlarning ijtimoiy muhofazasi bo’yicha 2017- yil quyidagi ishlar amalga oshirildi:

            Kasaba uyushmasi tavsiyasi bilan xodimlarning mehnat faoliyati, ish hajmi, ijtimoiy – iqtisodiy holatlari o’rganilib ustama haq, rag’batlantirish, moddiy yordam sifatida ma’muriyat tomonidan byudjet mablag’laridan 399218000 byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan 821462500 maxsus hisob raqamdan 36685000 jami 1257365500 so’m sarflandi. Kasaba uyushma tomonidan o’tgan o’quv yili davomida 25 nafar professor o’qituvchi xodimlar “Chimyon”, “Chortoq”, “Havotog”, “Umid gulshani”, “Zomin”, “Oq tosh”, “Turon”, “Botanika” dam olish sanatoriyalariga yuborildi. Xodimlar farzandlaridan iborat 56 nafar bolajonlarni “Zomin”, ”Sirdaryo” yozgi oromgohlariga yuborildi. Universitetda kam ta’minlangan va yordamga muhtoj xodimlarning murojaati o’rganib chiqilib har oyda moddiy yordam berilib kelinmoqda. 2017 -yil hisobidan 14000000 so’m moddiy yordam, 1500000 so’m moddiy rag’batlantirish berildi. Har bir bayram tadbirlarda rahbariyat tavsiyasiga asosan faol va jamoatchi xodimlar kitoblar va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi. 14 – yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Xotin – qizlar qo’mitasi bilan bayram tadbiri o’tkazib berildi.8 – mart Xotin – qizlar kuni munosabati bilan jamoatchi xotin – qizlarimizdan 26 nafarini tezyurar poyezd va samalyotda Samarqand shahriga sayohatga olib borildi. Navro’z bayrami munosabati bilan tanlov g’oliblari taqdirlandilar. 9 – may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yoshi 70 yoshdan yuqori bo’lgan hozirgi kunda nafaqadagi 22 nafar professor-o’qituvchi va xodimlarni bayram tadbiriga taklif qilinib, qimmatbaho bayram sovg’alari tarqatilib dasturxon tuzatildi. 1-oktyabr O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan 66 nafar professor o’qituvchi va xodimlarni kasaba uyushmasi mablag’lari hisobidan Samarqand shahriga ziyoratga yuborildi. Bu tadbir hali davom etmoqda. Yangi yil bayram munosabati bilan professor o’qituvchi va xodimlarni maktabgacha yoshdagi 286 nafar farzandlariga bayram sovg’asi tarqatish rejalashtirilgan. Ma’daniy va ma’rifiy tadbirlardan uyushtirilgan konsertlarga 60 nafar xodimlarimizga chipta olib berildi. Xotin – qizlar qo’mitasi bilan hamkorlikda bir nechta tadbirlar o’tkazildi va kasaba uyushmasi tomonidan sovg’alar ajratildi. Sport musobaqalari fakultetlar kesimida fudbol, mini fudbol, voleybol, shashka – shaxmat turnirlari bo’lib o’tdi, g’oliblar taqdirlandilar. Ommaviy sport musobaqalari va marafon o’tkazdirish tadbirida 200 nafar talaba va 120 nafar professor o’qituvchi va xodimlar ishtirok etdilar. G’oliblar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.

            Kam ta’minlangan yetim va chin yetim 23 nafar talabalar respublika kasaba uyushmasi federatsiyasiga tanlov g’oliblari sifatida kasaba uyushmasi stipendiasi bilan ta’minlanishi uchun tashkiliy ishlar olib borildi va ushbu talabalar har biriga 700 ming so’mdan stipendiya tayinlandi.

            Jamoa tarkibidagi ish jarayonidagi xato va kamchiliklarga yo’l qo’ygan 36 nafar professor o’qituvchi va xodimlarning faoliyati o’rganib chiqilib “xayfsanlari” olib tashlanishiga tavsiya berildi.

716 | 2017-12-29 13:51
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish