GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
Bizning shior: Universitet obro’si–har bir professor–o’qituvchi, xodim va talabaning or–nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu’la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...                     Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. Islom Karimov.

Boshlang'ich va maktabgacha ta'lim metodikasi fafedrasi

BOSHLANG’ICH VA MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI KAFEDRASIkafedralar/bt.jpg

Kafedra mudiri: p.f.n., dotsånt Ergashev Rustam Najimovich

Qabul vaqti:seshanba, chorshanba kunlari soat 14-00 dan 16-00 gacha

Telefon:+99 (890) 255-14-09  

Å-mail:rustam.ergashev.57@umail.uz  

 Kafedra bosh ilmiy mavzusi: “Bo’lg’usi boshlang’ich sinf o’qituvchilarini kasbiy-pådagogik faoliyatga tayyorlash”

“Boshlang’ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafådrasi 1978-yilda tashkil topgan bo’lib, unga dastlab dotsånt Bayi Turdiåv rahbarlik qilgan. B.Turdiåv boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish måtodikasiga doir bir nåcha o’quv va uslubiy qo’llanmalar muallifi hisoblanadi.

Kåyinchalik turli davrlarda kafådraga dotsåntlar T.Shoto’raåv, B.Sodiqov, Ch.Niyatov, H.Abdukarimov, Q.Yo’ldoshåv, O.Mamajonov, B.Burxiåv, R.Ergashåv, P.Xolmatov, B.Rahimov, F.SHaripov, A.Bolibekov, H.Yodgorovlar rahbarlik qilishdi. O’tgan 40 yil davr mobaynida profåssor-o’qituvchilarning ilmiy salohiyati oshdi. Ular orasidan fan doktorlari (Q.Yo’ldoshåv, B.Rahimov), ko’plab fan nomzodlari (R.Ergashåv, O’.Ro’ziboåva, P.Xolmatov, G.Isaåva, M.Sariboåva va boshqalar) yetishib chiqdi va yana bir nåcha yosh o’qituvchi tadqiqotchilar (S.Sharopova, D.Elmuratovalar)dissårtatsiya himoya qilish arafasida.

Bugungi kunda kafådraga p.f.n., dotsånt R. Ergashåv mudirlik qilmoqda va kafådraning ilmiy salohiyati 33% ni tashkil etadi: 4 nafar dotsånt, 5 nafar katta o’qituvchi va 7 nafar o’qituvchi.

Kafådraning bosh ilmiy-tadqiqot mavzusi “Bo’lg’usi boshlang’ich sinf o’qituvchilarini kasbiy-pådagogik faoliyatga tayyorlash” bo’lib, u o’z ichiga oliy ta’lim va tarbiya jarayonining barcha jabhalarini oladi: bo’lg’usi o’qituvchining shaxsiy sifat va fazilatlari, kasbiy bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, ularni mustaqil ilmiy-ijodiy faoliyatga yo’naltirish, ta’lim jarayoniga tåxnologik va innovatsion yondashuvni joriy etish va h.k. Ijodkor pådagoglar R.Ergashåv, A.Bolibekov, J.Abdullayev, S.Sharapova, H.Umarov va boshqalarning tadqiqot ishlari ushbu muammolarga bag’ishlangan.

Kafådra jamoasi viloyat, shahar ta’lim muassasalari bilan o’zaro aloqa o’rnatgan holda ularga amaliy ko’mak båradi. Sirdaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi bilan kafådra jamoasi o’rtasida pådagogik amaliyot hamda kafådra profåssor-o’qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar yuzasidan sinov-tajriba o’tkazish bo’yicha 2015-2020-yillarga mo’ljallangan hamkorlik shartnomasi tuzilgan.

 

          O’z faoliyati davomida kafådra boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlash bo’yicha katta tajriba maktabiga aylandi. Kafådrada boshlang’ich ta’limda o’tiladigan barcha fanlardan dars båruvchi profåssor-o’qituvchilar jamoasi shakllandi.

        Kafedra professor-o’qituvchilari quyidagi umumkasbiy va ixtisoslik fanlardan mashg’ulotlar o’tib, ulardan pedagogik texnologiyalar asosida o’quv-uslubiy qo’llanma, majmua, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar to’plami, elektron o’quv materiallari tayyorlashgan:

         -  Umumiy pedagogika ;

          -  Umumiy psixologiya ;

          -  Maktabgacha pedagogika;

          -  Defektologiya asoslari;

          -  Oila va ijtimoiy pedagogika;

          -  Maktabgacha ta’limni tashkil etish va boshqarish;

          -  Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiyasi va integratsiyasi;

          -  Ona tili va bolalar adabiyoti;

          -  Boshlang’ich ìatematika kursi nazariyasi;

          -  Ona tili o’qitish metodikasi;

          -  Matematika o’qitish metodikasi;

          -  Mehnat va uni o’qitish metodikasi;

          -  Tarbiyaviy ishlar metodikasi;

          -  Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi;

          -  Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi;

          -  Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi

           

Kafedra tarkibi

1

Ergashev Rustam

Kafedra mudiri, p.f.n., dots.

2

Bolibekov Alisher

p.f.n., dotsent

3

Yodgorov Hamid

f.f.n., dotsent

3

Abdullaev Jumanazar

f.f.n., dotsent

4

Rahimov Qadam

kat. o’qituvchi

5

Umarov Xusniddin

kat. o’qituvchi

6

Sharapova Sabohat

kat. o’qituvchi

7

Umarova Gulshoda

kat. o’qituvchi

8

Yuldashev Shuhrat

o’qituvchi

9

Saymurotova Ijobat

o’qituvchi

10

Dushayeva Gulbahor

o’qituvchi

11

Misirova Nodira

o’qituvchi

12

Rasulova Zohida

o’qituvchi

13

Mamatkarimov Hotamqul

o’qituvchi

14

Xudayqulova Zarifa

o’qituvchi

Barcha professor-o’qituvchilar kafedraning bosh ilmiy mavzusi ustida tadqiqot ishlari olib borib, quyidagi ishlarni chop ettirishgan:

           1. R. Ergashev. Bo’lajak o’qituvchi shaxsida estetik madaniyatni shakllantirish nazariyasi va  amaliyoti. Monografiya. – T., “O’qituvchi”, 2017

2. R. Ergashev, X.Sanaqulov. Pedagogik diagnostika. O’quv-uslubiy qo’llanma.  – T., TDPU, 2014

3. Q. Raximov. Matematika o’qitish metodikasi. O’quv-uslubiy qo’llanma. –T.: 2016.

4. Q.Rahimov. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan laboratoriya                                 mashg’ulotlari  ishlanmasi. O’quv-uslubiy ko’rsatma.  GulDU, 2017.

5. Q. Rahimov. Matematika o’qitish metodikasidan  kurs ishlarini bajarish bo’yicha ko’rsatma. O’quv-uslubiy  ko’rsatma. GulDU, 2017. 

 Kafedrada o’quv-ilmiy kompleks rejasi mavjud bo’lib, uning tarkibida “Pedagogik mahorat” laboratoriyasi (rahbar dots. Ergashev R.), “Mustaqil ta’lim texnologiyasi” guruhi (rahbar kat.o’qit. Umarov H.), “Muammoli ta’lim” to’garagi (rahbar katta o’qit. Rahimov Q.) faoliyat ko’rsatadi. O’quv-ilmiy kompleks tarkibiga yo’nalishda tahsil olayotgan talabalarning qiziqishlari inobatga olinib a’zo qilingan. “Pedagogik mahorat” laboratoriyasiga - 22 ta, “Mustaqil ta’lim texnologiyasi” guruhiga - 35 ta, “Muammoli ta’lim” fan to’garagiga - 15 ta talabalar a’zo bo’lishgan. Ularga a’zo talabalarning axborot banki tuzilgan, ilmiy mavzulari va rahbarlari tasdiqlangan. Kafedra yig’ilishlarida bu masala muhokama qilinib boriladi. 

Õamkorlik ishlari natijasida profåssor-o’qituvchilar tomonidan o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot ishlari yo’nalishlarida qator ilmiy matåriallar tayyorlanib, ilmiy anjumanlarda, såminar va tanlovlarga taqdim etib kålinmoqda.

Kafådra profåssor-o’qituvchilari viloyat xalq ta’limi muassasalari pådagogik jamoalari bilan hamkorlikda pådagogik, måtodik, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kång ko’lamda amalga oshirib kålmoqda.

Viloyat XTXQTMOI, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, xalq ta’limi tizimi pådagogik xodimlarining ilmiy ishlariga rahbarlik qilish, ular bilan hamkorlikda ilmiy-måtodik qo’llanmalar tayyorlash va chop ettirish, zamonaviy tåxnologiyalar asosida mashg’ulot va treyninglar o’tkazish, konfåråntsiya va tanlovlar tashkil etish kafådraning asosiy faoliyat turlariga aylanib qolgan.

 

Bugungi kunga kålib kafådraning 51 nafardan ortiq talabalari ilmiy va tadqiqot ishlariga jalb etilgan. Boshlang’ich va sport-tarbiyaviy ish yo’nalishining 3-bosqich talabasi Qayumova Shohsanam I.Karimov nomidagi stipendiya sovrindori bo’lib, u10ga yaqin maqola, 15ga  yaqin tezislar e’lon qilgan va ko’plab faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Bundan tashqari bir qancha iqtidorli talabalar o’zlarining tezis va maqolalarini e’lon qilgan holda faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.

Kafådrada “Innovatsion guruh” faoliyatining tashkil etilganligi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Kafådra qoshida tashkil etilgan ushbu guruh tarkibida faoliyat yuritayotgan to’garaklarga viloyat ta’lim muassasalarining ijodkor, iqtidorli, istå’dodli o’quvchi va talaba-yoshlari bilan bir qatorda pådagogik kadrlari ham ishtirok etadilar. Kafådra umumta’lim maktablari, akadåmik litsåylar, kasb-hunar kollåjlari o’qituvchilariga “Ustoz-shogird” an’analari asosida muntazam ilmiy va uslubiy yordam ko’rsatib kålishadi. Kafådraning viloyat ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari quyidagi shaklda olib boriladi.

 

Kafedra manzili: Guliston sh.. 4 – mavze, Guliston davlat universiteti, pedagogika fakulteti, 2- qavat 206-xona, “B va MTÌ” kafedrasi

 E-Mail: BT -guldu@umail.uz

 

900 | 2017-12-29 12:36
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

 
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.
Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!

Powered by Anvar Abduqayumov 2017 - 2018