GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...                     Yuksak manaviyat engilmas kuch. Islom Karimov.

Pedagogika va psixologiya kafedrasi

psixologiya.jpgPedagogika va psixologiya  kafedrasi

  Kafedra mudiri: psixol.f.n. dotsent Xolnazarova Matluba Xolbo’taevna  

Qabul vaqti: Haftaning ish kunlari, soat 14-00 dan 16-00 gacha

 Telefon: +(99897) 245-40-63

-mail:naqshband-@umail.uz  

Kafedra tarixi

Pedagogika va psixologiya kafedrasi 1966 yilda tashkil etilgan. Bosh ilmiy muammo «Bo’lajak o’qituvchi shaxsi kasb madaniyati shakllanishining nazariyasi va amaliyoti» mavzusi bo’yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilgan. Kafedraga 1966 yillardan boshlab Turg’unov Q. T, Tsoy Gennadiy, JulanovQ. A, Arimboev S, Abdukarimov H. O. Suvonov, G. Davirova  kabi professor o’qituvchilar boshchilik qilganlar. Mustaqillik davrida 5 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Kafedra a’zolari ta’lim-tarbiya va ijtimoiy sohalarda faollik ko’rsatib kelmoqdalar. Ularning pedagogik faoliyati davlat tomonidan yuqori baholanmoqda. G. Davirova «Do’stlik» ordeni bilan, H.Abdukarimov, A.Ahmedov, O.Suvonov, A.Fadeevlar «Xalq ta’limi a’lochilari» nishonlari va ko’plab faxriy yorliqlar bilan taqdirlanganlar. Kafedra a’zolari tomonidan o’nlab monografiyalar, yuzlab ilmiy-uslubiy maqolalar e’lon qilingan.

 

 Kafedraga 2016 yildan boshlab  psixol.f.n. dotsent Xolnazarova Matluba Xolbo’taevna  mudirlik qilib kelmoqda. Bugungi kunda kafedrada pedagogika  fanlari nomzodi, dotsent H Abdukarimov psixologiya  fanlari nomzodlari, v. b dotsentlar, M. Xolnazarova katta o’qituvchilar  O. Suvonov, Yo. Nurumbekova, O’ Shukurova o’qituvchilar, G. Qurbonova,   S.Xaydarova, Fayzieva Sh, Toshmatova G, Nosirova D   kabi tajribali o’qituvchilar bilan bir qatorda U.Xoliqov kabi iqtidorli yoshlar ham faoliyat ko’rsatishmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari barcha ta’lim  yo’nalishidagi talabalar uchun 33 ta fan bo’yicha zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida bilim, ko’nikma va malaka bermoqdalar.

 

Kafedra a’zolari rahbarligida 2017 yildan boshlab viloyatimiz va qo’shni viloyatlarga “pedagogik psixologiya ” yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlab berish yo’lga qo’yildi. Kafedramizda bugungi kunda jami 16 ta professor-o’qituvchi faoliyat yuritmoqda. Shulardan 16 tasi to’liq stavkada. Kafedramiz professor-o’qituvchilarining tarkibida 2 ta  professor, 3 ta fan nomzodi bor. Professor-o’qituvchilarning o’rtacha yoshi 39, fan nomzodlarining o’rtacha yoshi 45. kafedraning ilmiy salohiyati 40 % tashkil etadi.

 

“Pedagogika va psixologiya” kafedrasining professor-o’qituvchi a’zolari qydagilaridi.

 

F.I.Sh.

Lavozimi

1

Xolnazarova Matluba Xolbo’taevna

Kaf.mudur

2

Nishonova Zamira Taskaraevna

Professor

3

Suvanov Omon Suvanovich

Kata o’qituvchi

4

Abdukarimov Xabibullo Abdukarimovich

Dotsent

5

Raximov Baxtiyor Xudayberdievich

Professor

6

Isaeva Guli Parpievna

P.f.n

8

Nurumbekova Yarkinoy Anarmatovna

Katta o’qituvchi

9

Fayzieva Shoira Ayubovna

O’qituvchi

10

Kurbanova Gullola Baxromovna

O’qituvchi

11

Shukurova O’g’iloy Umarovna

Katta o’qituvchi

12

Haydarova Sayyora Chinalievna

o’qituvchi

13

Xoliqov Umidjon Qo’chqorovich

O’qituvchi

14

Nosirova Dilfuza Saydullaevna

O’qituvchi

15

Toshmatova Gulzoda Ne’matullaevna

O’qituvchi

16

Bakieva Guzal Shuxratovna

O’qituvchi

Shulardan 16 tasi to’liq stavkada. Kafedramiz professor-o’qituvchilarining tarkibida 2ta professor 3 ta fan nomzodi bor. Professor-o’qituvchilarning o’rtacha yoshi 42, fan nomzodlarining o’rtacha yoshi 48. kafedraning ilmiy salohiyati 39 % tashkil etadi. 

 

• Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’qitilayotgan fanlardan o’quv qo’llanmalar, o’quv–uslubiy majmualar, seminar va TMI ishlanmalari yaratilgan. Kafedra a’zolari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarida 150 dan ortik ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etishgan va ilmiy nashrlarda 90 dan ortiq ilmiy maqolalar elon qilishgan.

 

Hozirgi kunda  kafedraning  bosh ilmiy   mavzusi : “Uzluksiz ta’lim tizimida ma’naviy-kasbiy barkamol shaxs tarbiyasi” asosida ikkita innovatsion guruhlar tashkil etilgan. Mazkur guruhlarda kafedra professor-o’qituvchilaridan tashqari yo’nalishlariga qarab iqtidorli talabalar hamda AL va KHK lardan mutahassislar jalb etilgan.

 1.Uzluksiz pedagogik ta’lim jarayonida    

ma’naviy-kasbiy barkamol shaxs tarbiyasi”

    Rahbari: Abdukarimov H.

1. M. Xolnazarova M

2. O.Suvonov

3. Yo. Nurumbekova

4. G. Qurbonova

5. U.Xoliqov

 

 2.“Uzluksiz ta’lim             tizimida ma’naviy-kasbiy

barkamol shaxs tarbiyasining psixologik asoslari”

Rahbari: Xolnazarova M.             

1.   Shukurova O’.                           

2.   S. Xaydarova          

3.    Fayzieva Sh      

4.   Toshmatova G

5.      Nosirova D             

  

 

 

 Hozirgi kunda kafedrada 5 ta doktorlik dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kafedra a’zolari ilmiy izlanishlari natijalarini muntazam ravishda Xalqaro va Respublika miqyosida o’tkazilayotgan ilmiy–amaliy anjumanlarda chop ettirishmoqda. Jumladan, 2015-2017 yillar mobaynida kafedra a’zolari tomonidan chet el jurnallarida 20 ta, OAK tomonidan tan olingan ilmiy jurnallarda 25 ta, Xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda 25 ta, Respublika ilmiy anjumanlarida 100 dan ortiq va OTM miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 75 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar e’lon qilingan.

Kafedrada “Pedagogik mahorat ” kichik maktabi   tashkil etilgan bo’lib, “Komillik sari”, “Tafakkur chashmasi”,  “Ma’rifat gulshani” to’garaklaridan tashkil topgan  unda 75 dan ortiq iqtidorli talabalar kafedraning tajribali professor-o’qituvchilari rahbarligida faoliyat ko’rsatishadi.

 

 “Pedagogika va psixologiya ” yo’nalishida bugungi kunda 145 ta talaba ilmu-fan sirlarini o’rganmoqdalar.

Talabalar o’quv rejasida belgilangan fanlarni chuqur o’zlashtirish bilan bir qatorda Respublika fan olimpiadalarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.

Kafedra jamoasi viloyat, shahar ta’lim muassasalari bilan uzviy aloqa bog’lagan holda ularga amaliy ko’mak ham beradi. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi va kafedra o’rtasida pedagogik amaliyot hamda ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan professor-o’qituvchilarning sinov-tajriba ishlarini o’tkazish bo’yicha imzolangan hamkorlik shartnomalari mavjud.

Kafedra va viloyat o’rta maxsus kasb-hunar boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim maussasalari bilan o’zaro hamkorlik yo’lga qo’yilgan. 1- Guliston Pedagogika kollejlari, Yangier va Sirdaryo Pedagogika kollejlarida kafedra filiallari faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedra o’qituvchilari ushbu ta’lim muassasalaridagi o’qituvchilarga “Ustoz-shogird” tizimi bo’yicha uslubiy yordam ko’rsatmoqdalar.

 

Hamkorlik aloqalari

Kafedrada olib borilgan tadqiqotlar asosida ko’pgina ilmiy markazlar va xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy aloqalar yo’lga qo’yildi. Ushbu aloqalar o’zaro hamkorlik shartnomalari asosida keng rivojlanib bormoqda.

Shuningdek kafedramiz AL va KHK lar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yib bu borada quyidagi ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Hususan 2017-2018 o’quv yilida Guliston shahar 1  akademik litsey, Guliston shahar 1  pedagogika kollejlari,   Sirdaryo Pedagogika kolleji, Sirdaryo akademik litsey bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.

 

 

Guliston davlat universiteti pedagogika-psixologiya  kafedrasi ilmiy-texnik muammolari echimi bo’yicha bajariladigan magistrlik va doktorlik dissertatsiyalar mavzulari ro’yxati

 

Pedagogika-psixologiya va mehnat kafedrasi bosh ilmiy mavzu: “Uzluksiz ta’lim tizimida ma’naviy-kasbiy barkamol shaxs tarbiyasi”

 

Korxonaning ilmiy-texnologik muammolari mavzusi

Doktorlik dissertatsiyalar mavzusi

Dissertantning F.I.Sh.

 

O’quvchilarga integratsiyalab bilim berish orqali ularni kasbga to’g’ri  yo’naltirishni tashkil etish.

“Kollej ta’lim tizimini takomillashtirishda o’quvchilarga integratsiyalab bilim berish muammolari”.                              

Muxlibaev Maxmud Karshibaevich

 

Ta’lim tizimidagi pedagogik kadrlar faoliyatida innovatsion texnologiyalar asosida dars tashkil etishga metodik yordam berish. 

“Ta’lim jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish, baholash va tahlil qilish bosqichlarini metodik jihatdan tashkil etish yo’llari“

Abdukarimov Xabibullo Abdukarimovich

 

Innovatsion yondashuvlar asosida shaxs kamolotiga oid tarbiya mezonlarini ishlab chiqish.

 

Xalq pedagogikasining kasbiy pedagogik mahorat shakllanishiga ta’siri.

Suvanov Omon Suvanovich

 

Islom tariqatini komil inson tarbiyasiga ta’siri, ijtimoiy psixologik hususiyatlarig oid davra suhbatlari va trening seminarlar o’tkazish.

“Komil inson tarbiyasining ijtimoiy psixologik hususiyatlari muammolarini tadqiq qilish”.

Xolnazarova Matluba Xolbo’taevna

 

Uzluksiz pedagogik ta’lim jarayonida ma’naviy-kasbiy barkamol shaxs tarbiyasi

 

Talabalarning kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishning metodik asoslari.

Isaeva Guli Parpievna

 

“Tarbiyachi kasb faoliyatini texnologiyalashtirishni ma’naviy-axloqiy asoslari” doktorlik dissertatsiyasini kafedra muhokamasidan o’tkazish, o’rta-maxsus ta’lim tizimida tadqiq etilgan ilmiy ishlari asosida metodik ko’rsatma yaratish.

“Tarbiyachi kasb faoliyatini texnologiyalashtirishni ma’naviy-axloqiy asoslari”

Nurumbekova Yarkinoy Anarmatovna

 

AL va KXK o’qituvchi va o’quvchilari bilan psixodiagnostik  so’rovnomalar o’tkazish, metodik tavsiyalar ishlab chiqish, ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etish.

Sotsialno-psixologicheskie osobennosti proyavleniya nauchno-tvorcheskix sposobnostey v yunosheskom vozraste.

Fayzieva Shoira Ayubovna

 

Fanlar integratsiyasi asosida seminar tashkil etish orqali muammolar echimini tahlil qilish va ilmiy natijalar olish.

“Kollejlarda fanlarni integratsiyalab o’qitish jarayonida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishning  zamonaviy usullari”.

Kurbanova Gullola Baxromovna

 

Kollej qoshida ustoz-shogird maktabini tashkil etish va unga psixologik-metodik yordam berish

“O’qituvchi va o’quvchi orasidagi nizolar sabablarini o’rganish va ularga echim topish”.

Shukurova O’g’iloy Umarovna

 

O’quvchilari bilan ta’lim jarayonida uchraydigan muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, davra suhbatlari, bahs-munozara o’tkazish.

Bo’lajak o’qituvchilarni muammoli vaziyatlar echimiga tayyorlash texnologiyasi mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishini tadbiq etish

 Nosirova D

 

Kollej o’quvchilarni oilaviy munosabatga tayyorlashning ilmiy metodik asoslarini tahlil qilish, davra suhbatlari, bahs-munozara o’tkazish.

Kollej o’quvchilarni oilaviy munosabatga tayyorlashning ilmiy metodik asoslari

Haydarova Sayyora Chinalievna

 

O’quvchilarni mantiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishda shaxmat o’yinidan foydalanishning pedagogik-psixologik asoslarini o’rganishda  kollej o’qituvchilariga metodik yordam ko’rsatish..

O’quvchilarni mantiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishda shaxmat o’yinidan foydalanishning pedagogik-psixologik asoslari.

Xoliqov Umidjon Qo’chqorovich

 

            Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan KHK o’qituvchi va o’quvchilari uchun ma’ruza matnlari, o’quv qo’llanma va metodik ishlanmalar tayyorlangan. Jumladan:

O. Suvonov, h.Abdukarimov,    “Pedagogika” fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma.

M. Xolnazarova,  “Psixologiy”dan o’quv-uslubiy majmua.

M. Xolnazarova,M.Muxliboev “YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANIDAN” o’quv qo’lanmasi.

 “Pedagogika va psixologiya” fanlaridan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari to’plami ishlab chiqilgan.

“Pedagogika” va “Psixologiya” fanlaridan elektron o’quv qo’llanma tayyorlangan

Ya.Nurumbekova. “O’qituvchi nutq madaniyati” o’quv-uslubiy majmua.

                 7.     Sh.Abdusamatova.”Pedagogicheskoe masterstvo”,”Kultura rechi uchitelya”,”Estestvenno   nauchno’e    osnovo’ sovremennoy psixologii i pedagogiki”fanidan evropa guruxlari  uchun   o’quv-uslubiy majmua.

8. Barcha fanlardan majmualar yaratilgan.

 

Kafedra manzili: Guliston sh.. 4 – mavze, Guliston davlat universiteti, Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti, iqtisod binosi, 3-qavat 312-xona, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi

Telefon: (0367) 225-48-61

E-Mail: pedagogika-guldu@umail.uz

 

 

 

460 | 2017-12-29 13:24
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

 
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.
Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!

Powered by Anvar Abduqayumov 2017 - 2018