Amaliy fanlar va maktabdan tashqari talim kafedrasi

Kafedra mudiri: Boymatov Nuriddinjon Mirzaqulovich

Telefon: +998941616168

Elektron manzili: nuriddinjon.boymatov.83@umail.uz

Qabul kunlari: chorshanba, juma

Kafedraning bosh ilmiy mavzusi: Amaliy fanlarni o’qitishda o’quvchilar kompitentsiyasini samarali amalga oshirish texnalogiyalari

Kafedra tarixi

2001-yilda institut kafedra tizimiga o’tish munosabati bilan Amaliy fanlar tashkil qilindi. 2004-yil 2 yanvar kunidan mazkur kafedra “Texnik mehnat” kafedrasi nomi bilan tashkil etildi. 2012-yil sentabrdan boshlab kafedraning nomi “Amaliy fanlar” kafedrasi nomini oldi.

“Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim” kafedrasi 2015- yilidan faoliyat ko’rsata boshladi. Kafedra Sirdaryo viloyati XTXQTMOI rektori buyrug’iga ko’ra “Texnik mehnat” kafedrasi asosida tashkil qilindi. “Texnik mehnat” kafedrasi 2001-2006 yillar mobaynida E.To’raboev, K.Xudoyberdievlar boshqarib kelgan.

2011-yillarda kafedrani I.Raximov boshqarib keldi. Keyinchalik E.Saidov, va dotsent B.O’razov, A.A.Berikbaevlar boshqarib kelgan.Xozirgi kunlarda N.M.Boymatov rahbarlik qilib kelmoqda.

Bugungi kunda mehnat, jismoniy tarbiya, musiqa, tasviriy sa’nat va chizmachilik fanlaridan malaka oshirish va qayta tayyorlashning barcha toifa tinglovchilarning kasb mahoratini oshirish bilan birga Axborot resusr markazi (kutubxona) rahbar va xodimlari, “Barakamol avlod” bolalar markazi to’garak rahbarlari, MTM musiqa rahbarlari tinglovchilarini ta’lim jarayoniga zamon talablari asosida yangicha munosabatlarni shakllantiradi. Bilim va tajribalarini oshirish, ilg’or tajribalar bilan tanishtirish, ijodkorligini rivojlantirish orqali ham nazariy, ham amaliy jihatdan bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirmoqdai.

2018-yilda kafedrada 2652 soat o’quv soati bo’lib, 4 shtat birligi bo’yicha professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedraga o’qituvchi Boymatov Nuriddinjon Mirzaqulovich rahbarligida katta o’qituvchi Berikbayev Alisher Alikulovich, o’qituvchi, o’qituvchi Z.Xolov, o’qituvchi, N. Yusupova, tinglovchilarga kasbiy mahorat sirlarini o’rgatib kelishmoqda.

Kafedraning bosh ilmiy – tadqiqot mavzusi “Amaliy fanlarni o’qitishda o’quvchilar kompitentsiyasini samarali amalga oshirish texnologiyalari” bo’lib, bugungi kunda shu mavzu atrofida kafedraning professor-o’qituvchilaridan A.Berikbayev, Z.Xolov N.Yusupovalar tadqiqod ishlarini olib bormoqdalar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 2017-2021 yillarga mo’ljallangan “Xarakatlar strategiyasi” davlat dasturi boyicha ta’lim tizimi davlat siyosati darajasida qaralayotganining yaqqol ifodasi bo’lmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi kun mutaxassisi zamonaviy va axborot texnologiyalari bilan qurollangan bo’lishi lozimdir. Buni chuqur anglagan kafedra a`zolari bor kuch-g’ayratlari bilan ta`lim-tarbiya ishlarini tashkil qilmoqdalar.

KAFEDRA FAOLIYATI

Kafedra O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to’g’risidagi Qonunlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishlari va farmonlari, Xalq ta’limi vazirligi hamda viloyat Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining qaror va buyruqlari asosida faoliyat yuritmoqda.

Kafedrada 1 nafar katta o’qituvchi va 4 nafar o’qituvchi shulardan 1 nafari Kurash sport turi bo’yicha halqaro toifadagi sport xakami Z.Xolov, Taekvondo sport turi bo’yicha sport ustasi N.Yusupova jami 7 nafar xodimlar faoliyat ko’rsatmoqda.

Jumladan, kafedra mudiri N.M.Boymatovning xalqaro va respublika miqiyosida 20 ga yaqin ilmiy metodik maqolalari va tezislari e’lon qilingan. 2017 yil muallif tomonidan “Texnologiya ta’limi va xalq hunarmandchiligi hamda uy ro’zg’or asoslarini o’qitish” va “Talabalarga o’quv amaliyotini o’tkazishni tashkil qilish va kurs hamda bitiruv malakaviy ishlarini bajarishga oid” o’quv qo’llanmalari nashrdan chiqdi

Kafedra quyidagi:

1.             Tasviriy san’at va chizmachilik

2.             Texnologiya

3.             Musiqa va ashula o’qituvchilari

4.             Jismoniy tarbiya

5.             Maktabdan tashqari ta’lim nazariyasi fan modullar bo’yicha ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar, pedagogik va axborot texnologiyalar bo’yicha dars mashg’ulotlari olib boriladi.

Kafedra professor-o’qituvchilari har biri fan yo’nalishlari bo’yicha tinglovchilardagi bo’shliqlarni aniqlagan holda o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy majmualar, ma’ruza matnlari, uslubiy tavsiyalar, metodik ko’rgazmali qurollar tayyorlab, uzluksiz metodik xizmatni yo’lga qo’ymoqda.

Kafedra mudiri N.Boymatovning “Mehnat ta’limini fizika bilan fanlararo aloqadorlikda o’qitish” mavzusida ilmiy tadqiqot ustida ish olib bormoqda. Ilmiy ish yuzasidan xorijiy va respublika nashrlarida 20 dan ortiq ilmiy maqolalari bilan ishtirok etgan.

Katta o’qituvchi A.Berikbayevning “Bo’lajak tasviriy san’at o’qituvchilarining kompozitsion bilimlarini rivojlantirish” mavzusida ilmiy tadqiqot ustida ish olib bormoqda. Ilmiy ish yuzasidan xorijiy va respublika nashrlarida 25 dan ortiq ilmiy maqolalari bilan ishtirok etgan.

O’qituvchi A. Normurodovning 6 - sinf uchun o’quv qo’llanma, “Musiqa ta’limida o’qitishning pedagogik shart–sharoitlari”, “Musiqa fanidan test savollari”, “O’quvchining milliy madaniyatini shakllantirishda musiqaning o’rni”, “O’quvchilarda milliy musiqa madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslari” mavzularida o’plamlari yaratilib, o’quv jarayoniga tatbiq etilgan.

O’qituvchi N. Yusupova Guliston davlat universiteti katta ilmiy xodimi hisoblanib, p.f.n.dots.M.G.Bayirbekov rahbarligi ostida “nauchno – pedagogicheskie osnovo’ sovershenstvovanie trenirovochnogo protsessa na nachalnom etape podgotovki yuno’x taekvondistov (WTF)” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Bundan tashqari N.Yusupovaning xalqaro va respublika miqiyosida bir nechta ilmiy maqola va tezislari chop etilgan.

Sirdaryo viloyati Yangier shahar 1 umumta’lim maktabi “Mahorat maktabi” va Guliston shahar umumta’lim maktablari bilan shartnomalar tuzilib, hamkorlik ishlari yo’lga qo’yilgan.

Musiqa MOK tinglovchilarining oylik hisobot tadbiri

Tinglovchilar ko’chma amaliy mashg’ulotda

Malakaviy ish himoyasi jarayonlari

Jismoniy tarbiya dars jarayonlari

Tasviriy san’at va Chizmachilik kursining ijodiy ishlar ko’rgazmasi

Kafedra professor-o’qituvchilarining kelajakdagi istiqbol rejalari yanada yuksak. Kelajakda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash va viloyatimiz miqyosidagi umumta’lim maktablari uchun «Davlat ta’lim standartlari» talabi darajasida o’qituvchilar tayyorlash va barkamol avlodni tarbiyalashga o’z hissalarini qo’shishdir.

 

701 | 2018-02-13 13:06
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish