Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi

Kafedra mudiri – Daminov Otabek Abdualimovich

Lavozimi: Kafedra mudiri

Ma’lumoti: Oliy, Samarqand Davlat Universiteti matematik-fizik.

Xorijiy til: Rus

Telefon: (0 367) 227 08 30

E-mail: odaminov@umail.uz

Qabul kunlari: Har kuni

“Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi 2001 yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Dastlab kafedrada 4 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritgan bo’lsa, bugungi kunda kafedrada 9 nafar professor-o’qituvchi asosiy shtatda, 4 nafar xodim o’rindoshlik asosida faoliyat ko’rsatmoqda.

Kafedrada hozirgi kunda dotsent K.Eshquvatov, B.Xolmurodov, K.Jomuratov, D.Toshtemirov hamda M.Isroilovlar faoliyat yuritmoqda. Ilmiy salohiyati 47% ni tashkil qiladi.

Kafedra tashkil bo’lgandan buyon kafedrani boshqarishga 2001-2002 yillar Ya. Bo’riboev 2003-2005 yillar dotsent K.Eshquvatov, 2005-2008 yillarda dotsent M.Abdukarimov, 2008-2010 yillar F.Gaibnazarova, 2010-2015 yillar dotsent K.Eshquvatovlar o’z xissalarini qo’shganlar.

2016 yildan boshlab “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasini O.Daminov boshqarib kelmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari kafedraning bosh ilmiy mavzusi: “Pedagog kadrlarni kasbiy malakasini oshirishda zamonaviy usullar hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish” asosida tinglovchilarning kasbiy bilim, ko’nikma, malakalari ta’lim sifat va samaradorligining monitoringini yuritib kelmoqda.

Tinglovchilar tomonidan aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish maqsadida, MOK tinglovchilari uchun ma’ruzalarni ilg’or texnologiyalar asosida yangiliklar bilan boyitib bormoqda.

Kafedrada 1 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilishga tayyorlangan.

Kafedra yosh professor-o’qituvchilaridan 2 nafari mustaqil ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan OAK ro’yxatiga kiritilgan, info-pakti yuqori bo’lgan ilmiy-davriy jurnallarga ilmiy-uslubiy maqolalar e’lon qilinmoqda.

Davlat patentlash idorasidan yaratilgan kompyuter dasturlariga dasturiy guvohnomalar olingan.

Kafedrada quyidagi fan modullari bo’yicha tinglovchilar

1.             Matematika fani o’qituvchilari

2.             Informatika fani o’qituvchilari

3.             Fizika fani o’qituvchilari

4.             Biologiya fani o’qituvchilari

5.             Kimyo fani o’qituvchilari

6.             Geografiya fani o’qituvchilari

sifatli ta’lim olmoqdalar.

2018 yil 625 nafar tinglovchi aniq va tabiiy fanlar bo’yicha MOKdan o’tishligi rejalashtirilgan.

Ma’ruzalar, amaliy hamda laboratoriya mashg’ulotlarini zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida olib bormoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari har bir fan yo’nalishlari bo’yicha tinglovchilardagi bo’shliqlarni aniqlagan holda o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy majmualar, ma’ruza matnlari, metodik qo’llanmalar, uslubiy tavsiyalar, elektron darsliklar, metodik ko’rgazmali qurollar, dars ishlanmalar, didaktik hamda tarqatma matriallar tayyorlab uzluksiz metodik xizmatni yo’lga qo’ymoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari ta’lim turlaridagi izchillik va uzluksizlikni ta’minlash, fan yangiliklari, o’qitishning samarali metodlari hamda vositalarini dars jarayonida tatbiq etmoqda.

Jumladan, elektron taqdimotlar tayyorlash, elektron darsliklar bilan ishlash, virtual laboratoriyalardan, internet resurslaridan samarali foydalanish, animatsiyalar, interaktiv va interfaol doskalar bilan ishlash yo’lga qo’yilgan.

 

813 | 2018-02-13 12:33
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish