Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi

Kafedra mudiri – Usmonov Baxtiyor Botirovich

Lavozimi: Kafedra mudiri

Ma’lumoti: Oliy. O’zbekiston milliy universiteti (kunduzgi)umumiy tarix

Xorijiy til: Rus

Telefon: (0 367) 227 08 26

E-mail: yupiter.85@umail.uz

Qabul kunlari: Har kuni

Sirdaryo viloyati “Fuqarolik jamiyatini shakllanishini monitorning qilish mustaqil instituti” bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

Kafedraning professor-o’qituvchilari viloyat va Respublika ommaviy axborot vositalari orqali pedagoglar, ota-onalar va jamoatchilik orasida ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy bilimlarini muntazam targ’ibot qilib borishadi. Milliy va umuminsoniy tarbiya muammolari, buyuk allomalarning ma’naviy-ma’rifiy ta’limotlari hozirgi davr va sharoitga mos holda tahlil etiladi.

Kafedra 2018 yil quyidagi yo’nalishlarda malaka oshirish kurslari kelishni rejalashtirgan:

1.             Tarix

2.             Davlat va huquq asoslari

3.             Milliy g’oya turkumidagi fanlar (Odobnoma, Vatan tuyg’usi)

4.             Iqtisodiy bilim asoslari

MOK tinglovchilarini sifatli malaka oshirishga hamda ustoz-murabbiylik kasbiga qiziqtirishdan iboratdir. Shuning uchun ham kafedrada pedagogik mahoratni shakllantirish va uni amaliy faoliyatida tatbiq etishga harakat qilinadi.

Kafedra a’zolarining ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ijtimoiy sohalarda olib borgan pedagogik faoliyatlarini markaz rahbariyati va davlatimizning tomonidan yuqori baholanib kelingan. Katta o’qituvchilar B.Usmonov, R.Suvanov, “Xalq ta’limi a’lochilari” nishonlari va ko’plab faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.

Ikki nafar professor-o’qituvchi Davlat Granti asosida Turkiya, Xitoy davlatlarida malaka oshirib, tajriba almashib qaytgan.

Kafedra barcha ta’lim-tarbiya muassasalari, ilmiy jamoatchilik, ishlab chiqarish va ilmiy ijodiy jamoalar bilan pedagogik-psixologik muammolarning echimlarini topishda hamkorlik qilishga umid bildiradi. Sizning har qanday fikringiz biz uchun e’tibor va qimmatlidir.

Bizning manzilimiz:

Guliston shahar Bahor mahallasi

Toshkent yo’li ko’chasi 212-uy.

Elektron pocha:

“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi

Markazning “ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi 1996 yilda tashkil etilgan. Uni turli davrlarda Nabiev Abdurahmon, Baratov Ibroxim, Begiev Omon, O’roqov Boymirza, Karimova Ilmira, Qoraboev Akram, Ulug’bek Qlichevlar boshqargan. Hozirgi kunda "ljtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi" kafedrasini B.Usmonov boshqarmoqda. O’tgan 22 yil davomida kafedra a’zolari fidokorona mehnat qilib, ijtimoiy-iqtisodiy fanlarining turli yo’nilishlarida ilmiy-tadqiqot ishlar olib bormoqdalar.

Kafedraning bosh ilmiy muammosi: “Ijtimoiy-iqtisodiy fan o’qituvchilarining kasbiy malakalarini takomillashtirish” mavzusi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarmoqda. Jumladan, 3 ta doktorlik dissertatsiyasi ustida tadqiqot ishlari olib borish rejalashtirilgan. Kafedra dotsenti U.Qlichev “O’zbekistonda milliy hunarmadchilikning rivojlanishi”, katta o’qituvchi R.Suvanov “Uzluksiz ta’lim tizimida huquqiy ta’lim-tarbiyani yuksaltirish texnologiyasi”, kafedra mudiri B.Usmonov “Tarix fanini o’qitishda zamonaviy tendensiyalar” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yuzlab ilmiy-uslubiy maqolalar e’lon qilingan.

Kafedrada o’qitiladigan asosiy fanlar quyidagilardan iborat:

1.Iqtisodiy bilim asoslari.

2.Xalq ta’limi tizimida ta’lim tarbiya jarayonlarini tashkil etishning me’yoriy huquqiy asoslari.

3.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari va ma’ruzalaridan jamiyat rivoji hamda ta’lim tarbiya masalalari.

4.Tarix fani nazariyasi va metodikasi.

5.Milliy g’oya turkumidagi fanlar (Odobnoma, Vatan tuyg’usi).

“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasida o’qitiladigan fanlardan o’quv uslubiy majmualar, ma’ruza matnlariga yangiliklar kiritildi. Jumladan, dotsent U.Qlichev “Ustoz-shogird an’analari asosida kadrlar tayyorlash masalalari”, “Kasanachilik asosida hunarmandchilikni rivojlantirishning yo’llari” nomli metodik qo’llanma, dotsent S.Ismoilov “Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat engilmas kuch” asari” bo’yicha metodik tavsiyalari hamda “Fuqarolik jamiyatining mohiyat, shakllanishi va rivojlanshi” nomli ilmiy risola, katta o’qituvchi R.Suvanov tomonidan O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan targ’ibot guruhi uchun, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag’ishlangan metodik tavsiya, katta o’qituvchi R.Suvanov “Saylov qonunchiligi”, “Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari”, “Amir Temurning o’zbek davlatchiligi tarixida tutgan o’rni” nomli metodik tavsiyalar, katta o’qituvchi B.Usmonov “O’zbekistonda davlat va din munosabatlari”, “Dunyo tarixi fanini o’qitishning nazariy metodologik asoslari va mafkuraviy muammolar, ma’naviy tahdidlar va barkamol shaxs tarbiyasi” mavzusuda o’quv qo’llanmalar tayyorlaginlar. Bunda tashqari yuqoridagi barcha fanlardan elektron o’quv qo’llanmalar tayyorlangan va multimediya markaziga topshirilgan. Tinglovchilarning muntazam foydalanishga imkon yaratilgan. Ushbu axborot resurslar universitet portaliga joylashtirilgan.

Bugungi kunda kafedrada dotsent f.f.n. S.Ismoilov, dotsent t.f.n. S.Qudratov, dotsent t.f.n. U.Qlichev, katta o’qituvchilar B.Usmonov, R.Suvanovlar ishlamoqda. Ilmiy salohiyat 60 % ni tashkil etadi.

 

974 | 2018-02-13 11:20
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish