Axborot- resurs markazi

Bo’lim boshlig’i–Buranova Xabiba Nishanboevna

Lavozimi: Bo’lim boshlig’i 
Ma’lumoti: Oliy. Toshkent  davlat  madaniyat  instituti

Kutubxonashunoslik va bibliografiya.
Xorijiy til: Rus

Telefon: (99897) 247 20 55
E-mail: yupiter.85@umail.uz

Qabul kunlari: Har kuni

AXBOROT RESURS MARKAZI

ARM GulDU huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishhududiy markazi  tarkibiy bo’linmaci hisoblanadi.ARM kurs tinglovchilari, hududiy markazining professor-o’qituvchilari, xodimlari, shahar o’qituvchilari va metodistlari, tinglovchilar, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari, kutubxonaga a’zo bo’lgan keng kitobxonlarni kerakli axborot bilan ta’minlash bo’yicha ilmiy, o’quv - metodik markaz vazifasini bajaradi.

ARMda 2 ta shtat birligi mavjud:

1-toifali kutubxonachi

2-toifali kutubxonachi

ARM 4 bo’limdan iborat:

1.O’quv zali

2.Abonoment bo’limi

3. Elektron kutubxona

4.Fond

ABONEMENT BO’LIMI

      ARM abonoment bo’limi (kuniga 20-30 nafar) kitobxonlarga xizmat ko’rsatadi.

Abonoment bo’limida: buyurtmalar asosida kitobxonlar talabi o’rganiladi va ta’minlanadi; -turli mavzularda, maxsus sanalarga bag’ishlab ko’rgazmalar tashkil qilinadi; tinglovchilarning abonement bo’limidan foydalanish monitoringi olib boriladi.  Har yili ARM 14 dan ortiq nomda mahalliy nashrlariga obuna bo’ladi. ARM Internet tarmog’iga ulangan. Bu esa kitobxonlarga axborotni yanada tezroq etkazish imkoniyatini beradi.

O’QUV ZALI

ARMning 52 o’rinli o’quv zalidan barcha kitobxonlar foydalanishlari mumkin.

O’quv zalida noyob va yagona nusxadagi adabiyotlar, ommaviy entsiklopediyalar, lug’atlar, vaqtli matbuot nashrlarining davriy to’plamlari, ro’yxatlar bilan tanishish mumkin. O’quv zali bir yilda 5000 ga yaqin kitobxonga xizmat ko’rsatadi. O’quv zalida yangi kelgan adabiyotlar ko’rgazmalari muntazam tashkil etib boriladi. O’quv zalida mavzuli burchaklar tashkil qilingan bo’lib, ularga tegishli ma’lumotlar va adabiyotlar joylashtirilgan.

      ARMning o’quv zalida ARM xodimlari hamda kafedralar va MOK tinglovchilari bilan birgalikda muhim va unutilmas sanalarga bag’ishlangan turli metodik tadbirlar o’tkaziladi.

 ELEKTRON KUTUBXONA

     Elektron kutubxonada 10 ta kompyuter mavjud bo’lib, ularning hammasi internet tarmog’iga ulangan. Elektron kutubxonada ARMga a’zo bo’lgan barcha kitobxonlar uchun internetdan va elektron manbalardan foydalanish imkoniyati mavjud.

     Elektron kutobxonada Prezidentimiz ma’ruzalarining elektron varianti, barcha darsliklarning elektron nusxalari, GulDU huzuridagi XTXQTMOHM professor-o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan ma’ruza matnlarining elektron versiyalari va boshqa elektron resurslar bazasi mavjud.

ARM quyidagi maxsus saytiga ega:

www. sirdaryomoi.uzedu.uz Sayt kutubxonaga oid ravishda yangilab boriladi.

       Sayt orqali Respublikada tashkil etilgan

Axborot-resurs markazlari va hududiy XTXQTMOXM ARMlari bilan hamkorlik aloqalari olib boriladi;

GulDU huzuridagi XTXQTMOHM ARM bo’limi tomonidan professor-o’qituvchilarga, kurs tinglovchilariga sayt orqali metodik yordam berib turiladi.

“Zamonaviy dars” va “Pedagogik mahorat” loyihalari olib boriladi;

Axborot-resurs markazi xodimlari va markazxodimlari tomonidan doimiy ravishda Internetning ta’lim portali orqali turli mavzularda forumlar tashkil etiladi.

FOND

ARM fondi 8833 dona o’zbek,qardosh va xorijiy tillardagi o’quv,ilmiy, pedagogik, badiiy va boshqa turdagi adabiyotlardan iborat. Ilmiy kitoblar va darsliklar sohalar bo’yicha, badiiy adabiyotlar alifbo tartibida joylashtirilgan.

Fond tarkibi kitobxonlar talab va ehtiyojlariga ko’ra doimiy ravishda yangilab, boyitib boriladi.

arm01.pngarm02.png

 arm03.pngarm04.png

 

885 | 2018-02-10 09:44
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish