2018-yil 6-oktyabr kuni Guliston davlat universitetida professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlari o’rtasida “O’zbekiston yoshlari buzg’unchi g’oyalarga qarshi” mavzusida ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi.
Mazkur tadbirda universitet Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor R.Mahmudov, Sirdaryo viloyati DXX xodimi Q.Qo’chqorov, Sirdaryo viloyati bosh imom xatibi o’rinbosari F.Rahmonov, Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi bo’lim boshlig’i J.Sherboev, prorektorlar, fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari, professor-o’qituvchilar va 500 nafar talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda so’zga chiqqanlar bugungi ma’naviy boylikni asrash, ma’naviyatni yuksaltirishga doimiy intilmasdan turib ezgu maqsadlarimizga erisha olmasligimizni ta’kidladi. Hozirgi kunda ayrim fuqarolar, ayniqsa, yoshlarimiz o’zlari bilmagan holda turli diniy oqimlar yoki guruhlarga qo’shilib qolishi yoshlar ongidagi “g’oyaviy bo’shliq”dan ekanligi, uni ezgu g’oyalar bilan to’ldirish shartlari, ta’lim muassasalarida milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yuksaltirish, bu borada o’tkazilayotgan tadbirlar ta’sirchanligini yanada oshirish, g’oyaviy va mafkuraviy tahdidlarga qarshi targ’ibot ishlarini tizimli asosda olib borish zarurligi haqida o’z fikr-mulohazalarini aytib o’tishdi. Tadbir so’ngida ishtirokchilar bilan savol-javob o’tkazdi.
Matbuot xizmati.