Guliston davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasidan hamkorlar tashrif buyurishdi. Xitoyning “Yanlin” kompaniyasi rahbari janob Chen Bing, kompaniya menejeri Yang Xi, “Peng Sheng” kompaniyasi bosh direktori Van Sinxe janoblari universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor Muxsin Xodjiyev bilan uchrashib, 2022-yildan boshlab iqtidorli talabalar, magistrlar, doktorantlar, yosh olimlar va o‘qituvchilarni qishloq xo‘jaligi, issiqxona ishi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini dastlabki qayta ishlash, oziq-ovqat texnologiyalari kabi yo‘nalishlarda bakalavrlar tayyorlash, magistraturada tahsil olishni yo‘lga qo‘yish, malaka oshirish va stajirovkaga yuborish, hamkorlikda doktorantlar tayyorlash, o‘zaro almashinuv da…