20-oktabr kuni Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan ma’naviy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tilshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Guliston davlat universiteti rektori, professor M.Xodjiev barcha ishtirokchilarni “Til bayrami” bilan tabriklab, o‘zbek tilining davlat tili sifatida e’tirof etilishi tarixi va tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb ma’naviy burchimiz bo‘lib qolishi, o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish uchun uni milliy va umumbashariy tushunc…