Har yili yurtimizda 9-may “Xotira va qadrlash” kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu kunda fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan ulkan xizmatlari uchun urush faxriylari yodga olinib, hozirda qarilik gashtini surayotgan faxriylar holidan xabar olish yaxshi bir an’anaga aylanib ulgurdi.
2021-yil 6-may kuni Guliston davlat universiteti rektori professor M.Xodjiyev boshchiligidagi universitetning Ijtimoiy-iqtisodiy, Jismoniy madaniyat fakulteti dekanlari hamda Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti vakillari jamoasi Boyovut tumani Mirishkor MFYda istiqomat qiluvchi, Ikkinichi jahon urushining frontorti ishtirokchisi, 1925-yilda tavallud topgan Yamanqulov Otaqul ota xondaniga tashr…