Guliston Davlat Universiteti
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Respublika Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi
🔘 2021/2022 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:   ➡️ respublikaning bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – www.transfer.edu.uz   ➡️ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan – www.transfer.dtm.uz
4940 | 2021-07-17 11:34 | Batafsil
“Yangi O'zbekiston – yangi qo'shnichilik” mavzusida maqolalar tanlovi o'tkaziladi
“Yangi O’zbekiston – yangi qo’shnichilik” mavzusida maqolalar tanlovi o’tkaziladi Tanlov 2021-yilning 12-iyulidan 12-sentabriga qadar (shu kuni ham) bo’lgan oraliqda chop etilgan gazeta va jurnallarda e’lon qilingan maqolalar bo’yicha bir bosqichda o’tkaziladi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan mualliflarning maqolalari tashkiliy qo’mita tomonidan joriy yilning 15-sentabriga qadar qabul qilinadi. G’oliblar, ya’ni birinchi o’rin 15 million, ikkinchi o’rin 10 million, uchinchi o’rin 5 million so’m pul mablag’lari bilan taqdirlanadi. Tanlov shartlari 
3961 | 2021-07-16 10:22 | Batafsil
DISSERTATSIYA HIMOYASI HAQIDA E’LON!
2021-yil 17-iyul kuni soat 1100da Guliston davlat universiteti majlislar zalida dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tadi.  KUN   TARTIBI:  Guliston davlat universiteti  huzuridagi  ilmiy darajalar beruvchi PhD.30.09.2019.B.91.01 raqamli Ilmiy  kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash  T. N. Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti  mustaqil tadqiqotchisi Umaraliyeva Mamuraxon Toshxodjayevnaning 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) ixtisosligi bo’yicha ”Biologiyani o’qitishda o’quvchilarda kompetentsiyalarni shakllantirish metodikasini takomilashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) i…
3790 | 2021-07-15 10:19 | Batafsil
E’LON
Adliya vazirligi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan kurslar.huquqiyportal.uz platformasi ishga tushirildi. Ushbu platformada huquqiy savodxonlikni oshirishga yo‘naltiruvchi o‘quv materiallari joy olgan.             Hurmatli talaba-yoshlar! O‘z huquqiy savodxonligingizni kurslar.huquqiyportal.uz  bilan birgalikda rivojlantiring!
4184 | 2021-07-14 10:25 | Batafsil
Axrorov Alisher Akbarovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida e’lon
Guliston davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/27.02.2020.F.91.02 raqamli Ilmiy Kengashning 2021-yil 26-iyul kuni soat 1100dagi majlisida O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi Axrorov Alisher Akbarovichning 10.00.01–“O‘zbek tili” ixtisosligi bo‘yicha “Nutq madaniyatini ifodalovchi o‘zbek xalq maqollarining lingvo-funktsional va xulqiy qiymati” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi.
4390 | 2021-07-13 16:41 | Batafsil
Magistratura turdosh yo‘nalishlari ro‘yxati kengaytirildi
🔰 Bitiruvchi yoshlar, ularning ota–onalari, keng jamoatchilik hamda oliy ta’lim muassasalarining qo‘shimcha takliflari asosida qayta ko‘rib chiqilib, respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxatiga tegishli qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritildi. ⚠️ 🩺 Tibbiy soha bo‘yicha turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati ixtisoslik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilganligini qayd etamiz. Ro'yxatni PDF shakla yuklab olish
4367 | 2021-07-13 09:12 | Batafsil
Vazir o‘rinbosari Eksperimental biologiya laboratoriyasi bilan tanishdi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Hakimov Rahimjon Rasuljonovich Guliston davlat universitetiga buyurdi. Tashrif doirasida vazir o‘rinbosari universitetning Eksperimental biologiya laboratoriyasi faoliyati bilan tanishib, Jahon banki ishtirokidagi loyiha doirasida tashkil etilgan ushbu laboratoriya ilmiy xodimlari bilan muloqot qildi. Muloqot jarayonida laboratoriya ilmiy xodimlari o‘zlari olib borayotgan tadqiqot ishlari mazmun-mohiyatini tanishtirishib, ilmiy-tadqiqot ishlarida vujudga kelayotgan muammolar yechimida vazir o‘rinbosarodan o‘simlik moddalari biokimyoviy xususiyatlarini aniqlashda ishlatiladigan noyob radioktivlar bilan ta…
4023 | 2021-07-09 16:09 | Batafsil
Vazir o‘rinbosari yoshlar bilan uchrashdi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Hakimov Rahimjon Rasuljonovich Guliston davlat universitetiga buyurdi. Tashrif doirasida vazir o‘rinbosarining ilmiy va innovatsion tadqiqotlar olib borayotgan bakalavr, magistr va tayanch doktorantlardan iborat bir guruh faol yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv bevosita savol javoblar formatida tashkil etildi. Dastavval Rahimjon Rasuljonovich hozirgi zamonaviy ilmiy tadqiqqotlarga qo‘yilayotgan talablar, ilmiy va innovatsion tadqiqotlar xulosalarini chop etishdagi muammolar, jumladan, xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari (Scopus, Web of science) tarkibidagi “yirtqich” nashrla…
4066 | 2021-07-09 16:06 | Batafsil
“Tokio 2020” olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Guliston davlat universiteti talabasini taqdirlash marosimi o‘tkazildi
Sportning akademik eshkak eshish turi bo‘yicha Italiyaning Vareza shahrida o‘tkazilgan Xalqaro “Regata” musobaqasida Sirdaryo viloyati sportchilari Guliston davlat universiteti Pedagogika fakulteti “Boshlang‘ch ta’lim va sport tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Qo‘chqorov Otabek hamda Bo‘riboyeva Feruzalar ikki kishilik eshkak eshish (miks) yo‘nalishida 8.45.39 vaqt ko‘rsatkichi bilan kumush medalni qo‘lga kiritishgan edi. Mazkur nufuzli sport musobaqasida 30 dan ortiq davlatdan kelgan sportchilar Tokio Olimpiyadasi yo‘lanmasi uchun ham bellashishgan edi. Xalqaro Olimpiya qo’mitasi tomonidan Tokio (Yaponiya) Olimpiyadasi yo‘lanmasini qo‘lga kiritishganli…
5529 | 2021-07-09 08:42 | Batafsil
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Hakimov Raximjon Rasuljonovich Guliston davlat universitetiga tashrif buyurdi
2021-yilning 8-iyul sanasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Hakimov Raximjon Rasuljonovich Guliston davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif kun tartibidagi asosiy masala Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 16-iyunda “Oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalar muhokamasi”ga bag‘ishlab o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, universitetning ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion faoliyatini tubdan yaxshilash, tadqiqotlar yo‘nalishlarini global masalalarga moslashtirish borasida amalga oshiriladigan vazifalar yechimiga qaratildi.             Vazir o‘rinbosari R…
5651 | 2021-07-09 08:24 | Batafsil
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->