2018 yil 3 aprel kuni Guliston davlat universitetida Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Mo’min hoji Usmonov, profilaktika inspektori A.Usmonov, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirokida ta’lim-tarbiyaga oid tadbir o’tkazildi.
Tadbirda universitet rektori, prof. M.T.Xodjiev, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor, dotsent R.Mahmudov, Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi M.Usmonov, profilaktika inspektori A.Usmonov, professor-o’qituvchilar va 512 nafar talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda so’zga chiqqan ma’ruzachilar talaba-yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi va kiyinish madaniyati, bugungi kunda ayrim yoshlar milliy mintalitetimizga xos bo’lmagan turli kiyimlarda yurishi, jamoat joylarida yurish, so&rsquo…