Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari bugungi kunda Mirzaobot tumanidagi o‘n sakkizta mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘z faoliyatlarini olib bormoqdalar. Xususan, tumanning “Yo‘ldoshobod”, “Bahoriston” , “Haqiqat” va “Do‘ngariq” mahallalarida professor-o‘qituvchilar tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni keng targ‘ib qilish, yoshlarda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga dahldorlik hissini kuchaytirish, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”da turuvchi oilalar, yoshlar, ayollarni ijtimoiy holatini yaxshilash va ro‘yxatdan chiqarish choralari, o&…