Dunyoning g’amini yutguvchi, ayol!
Olamda muhabbat tutguvchi, ayol!
Sàdîqatla birga rafiqa bo’lib!
Eridan shirin so’z kutguvchi ayol!
Farzandiga mehr berguvchi, ayol!
Ranjisangiz qahr qilguvchi, ayol!
Ko’zlardagi g’amni bilguvchi, ayol!
Borini muhayyo qilguvchi ayol!
Ko’zidan chiqarmang hech qachon ko’z yosh!
Alamdan yonsa ham bermoqda bardosh!
Go’zallardan go’zal kamon qalamqosh!
Onamiz, singlimiz, opamiz ayol!
Ayol buyuk kalimadir!
Unda bokira qiz iffati,
Do’st fidoyiligi,
Ona jasorati mujassamdir!
2021-yil 6-mart kuni Guliston davlat universitetining Madaniyat saroyida “Onamiz, singlimiz, opamiz ayol!” shiori ostida 8-mart “Xalqaro xotin qizlar kuni” munosa…