Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov xotirasiga bagʻishlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning tavallud kuni munosabati bilan 30 yanvar kuni Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat kengashi Mafkura va targʻibot boʻlimi, Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari boʻyicha sektori hamda Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat Axborot-kutubxona Markazi tomonidan I.A.Karimov hayoti va faoliyatiga oid tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston XDP Sirdaryo viloyat kengashi yosh siyosatchilar klubi aʼzolari, Guliston Davlat universiteti talaba yoshlari va Axborot-kutubxona Markazi xodim hamda foydalanuvchilari qatnashdilar.

Axborot-kutubxona Markazi xodimasi Xurshida Risqulova, Surayyo Ermanovalar oʻz maʼruzalarida birinchi Prezidentimiz hayotiga oid maʼlumotlar berib oʻtidilar va yigʻilganlar bilan birinchi Prezidentimizning “Yuksak maʼnaviyat-yengilmas kuch” kitobi boʻyicha savol-javob tarzida viktorina oʻtkazdilar. Ushbu savol-javob orqali yigʻilganlarning bilimlari mustahkamlandi.Savol-javob yakunida faol ishtirok etgan yoshlar esdalik sovgʻalar hamda qimmatli kitoblar bilan taqdirlandilar.

Shuningdek tadbirda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi rais oʻrinbosari, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Murodjon Haitov Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov faoliyati, hayot yoʻli, oʻzbek xalqi uchun amalga oshirgan fidokorona mehnati, bajargan ishlari, mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi tashkil topguniga qadar koʻrsatgan matonatini yodga olib, Oʻzbekiston Respublikasining qisqa muddatli rivojlanish yoʻli haqida qimmatli maʼlumotlarni keltirib oʻtdi. Maʼruzachi Oʻzbekistonning saylov tizimi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tarixi va mustaqillikka qadar boʻlgan vaziyat haqida soʻzlab berdi.

Tadbir yakunida, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov hayoti va faoliyatiga oid video lavha namoyish etildi. 

 

 

Matbuot xizmati.

664 | 2019-01-31 14:08
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish