Qabul 2020
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR DASTURLARI VA BAHOLASH MEZONLARI
VOKAL SAN'ATI JISMONIY MADANIYAT MUSIQA TA'LIMI TASVIRIY SAN'AT CHOLG'U IJROCHILIGI
313 | 2020-07-06 10:13 | Batafsil
Magistraturaga oqishga hujjat topshirmoqchi bolgan barcha abiturientlar diqqatiga!
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2020/2021 o‘quv yili uchun magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati tasdiqlandi.
338 | 2020-07-02 10:29 | Batafsil
Hurmatli abituriyentlar!
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimi (abitur.dtm.uz sayti)ga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilayotgani sababli 2020-yil 1-iyul kuni soat 21:00 dan 2-iyul 02:00 ga qadar sayt faoliyatida uzilishlar bo‘lishi mumkin
226 | 2020-07-02 08:51 | Batafsil
Magistraturaga qabul 1-iyuldan eʼtiboran onlayn tarzda boshlanadi
Magistraturaga qabul haqida baʼzi maʼlumotlarni eslatib oʻtamiz:  👉 Hujjatlar www.magistr.edu.uz portali orqali faqat onlayn qabul qilinadi, abiturientlar hujjat topshirish uchun OTMga kelmaydi;   👉 Magistraturada abituriyentlarga 5 ta mutaxassislik yoʻnalishini tanlash imkoniyati berilmaydi. Faqat bitta yoʻnalish tanlanadi;   👉 Kirish imtihonlari mutaxassislik hamda chet tili fanidan boʻladi. Boshqa fanlardan boʻlmaydi;   👉 Magistratura imtihonlarida maksimal toʻplash mumkin boʻlgan ball - 250 ballni tashkil etadi.   📚Diplom bali - 100 ball; 📚Mutahassislik test bali - 100 ball; 📚Chet tili test bali - 50 ball.   👉 Chop etilgan maqolalar …
264 | 2020-06-30 09:11 | Batafsil
Qabul 2020: Abiturientlar diqqatiga
Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan test sinovlarisiz, KASBIY (ijodiy) IMTIHONLAR orqali o’qishga qabul qilish bo’yicha ta’lim yo’nalishlari ro’yxati tasdiqlandi. Ro’yxatdan bakalavriatning 132 ta ta’lim yo’nalishi o’rin olgan. (YUKLAB OLISH)
533 | 2020-06-25 16:19 | Batafsil
Qabul 2020: Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ularni baholash mezonlari tasdiqlandi
Davlat komissiyasi Majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish talablariga muvofiq 2020/2021 o'quv yili qabulida respublika oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. YUKLAB OLISH
496 | 2020-06-24 14:35 | Batafsil
Qabul 2020: Abiturientlar uchun videoqo'llanmalar
Onlayin ro'yxatdan o'tish  Yo'riqnomalar Javoblar varaqasi
518 | 2020-06-22 10:11 | Batafsil
Abiturientlar diqqatiga!
2020-2021 o’quv yilida bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga o’qishga qabul qilishda:           Abiturientlarni ro’yxatdan o’tkazish 2020 yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) bo’lgan muddatda O’zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasurini tayyorlash bo’yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan hududlardla-Yagona davlat xizmatlari markazi orqali, barcha hududlarda –Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining (keyingi o’rinlarda-Davlat test markazi) rasmiy veb-sayti orqali am…
380 | 2020-06-18 16:58 | Batafsil
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
DOKTORLIK DIPLOMI TOPShIRILDI

Guliston davlat universiteti kichik faollar zalida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Navbahor” qishlog’ida tug’ilgan Kamola Abrorxonovaga doktorlik diplomi topshirishga bag’ishlangan tantana bo’lib o’tdi. Tantanani Guliston davlat universiteti professori R.Mahmudov kirish so’zi bilan ochdi va boshqarib bordi. Kamola Abrorxonova Guliston shahridagi 2-pedagogika kollejida o’qigan Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi bo’yicha magistraturada va doktaranturada ta’lim olgan. 2020-yil 1-may erta tongda Sardoba suv ombori o’pirilishi natijasida yuzaga kelgan talofatda Kamola Abrorxonova oilasi ham katta talofat ko’rgan. Sardoba suv ombori talofatlarini bartaraf etish uchun muhtaram Prezidentimiz to’rt marta Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdilar.

2020 yil 15 may kuni Mirzaobod tumanida Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoevning jabrlangan aholi bilan bo’lgan suhbatida Kamola Abrorxonova
ham o’z fikr mulohazalari bilan qatnashdi.

3-bosqich
doktoranti Kamola Abrorxonova “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini innovatsion yondashuv
asosida milliy ruhda tarbiyalashning pedagogik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi
ilmiy tadqiqotini yakunlaganligini aytib o’tdi.

Diplom
topshirish marosimida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori
Alisher Umarov, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Oliy Attestatsiya
komissiyasi raisi Axmadbek Yusupov, Guliston davlat universiteti rektori Muxsin
Xodjiev, Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti prorektori, ilmiy rahbari, pedagogika
fanlar doktori, professor Barno Abdullaeva, Sirdaryo viloyati hokimi o’rinbosari
Otabek Nosirov, biologiya fanlori doktori, professor Hazratqul Qarshiboev, O’zbekiston
jaxon tillari universiteti o’qituvchisi Ilyos Quvondiqovlar so’zga chiqdilar.

Oliy
Attestatsiya komissiyasi raisi Axmadbek Yusupov doktorant Kamola Abrorxonovaga tantanali
ravishda fan doktorligi diplomini topshirdi. Tantana so’ngida so’zga chiqqan Kamola
Abrorxonova ilm fan rivojiga, yoshlarga katta g’amxo’rlik ko’rsatayotgan muhtaram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga, ilmiy rahbariga, Mirzaobod tumanidagi 17-maktab,
Guliston shahridagi 2-pedagogika kolleji jamoalariga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Yigirma
sakkiz yoshli yangi fan doktoriga viloyat hokimligining qimmatbaho sovg’alari va
gullar taqdim qilindi. 

R.Mahmudov

Matbuot kotibi

561 | 2020-05-19 12:56
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
-->