Xorijiy talabalar bilan ochiq muloqot: muammolar va takliflar yechim topmoqda

2026-yil 16-aprel kuni “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida navbatdagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev xorijiy talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

“Rektor va xorijiy talabalar uchrashuvi” shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbirda universitetning turli yo‘nalishlarida tahsil olayotgan qo‘shni davlat fuqarolari bilan bir qatorda Tibbiyot fakultetida o‘qiyotgan Hindistonlik talabalar ham faol ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida rektor tomonidan talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifati hamda kundalik hayotga oid masalalar muhokama qilindi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, mavjud muammolar va takliflarini bevosita rahbariyatga yetkazish imkoniga ega bo‘ldilar. Bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Uchrashuv yakunida xorijiy talabalar ularga yaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun universitet rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirdilar.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?