⚡️Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli boshlandi (kvota)
🔰Guliston davlat universitetiga ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitishga nomzodlardan arizalar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining ikkinchitalim.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
❗️Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Arizalar 10-avgustga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon: +998949113322

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
 
                    
.gif)


 O'zbekcha
 O'zbekcha Русский
 Русский English
 English 中文
 中文




 
                                     
                                    