14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistratura
26
Xorijiy talabalar
BAKALAVRIATGA QABUL |
Oliy ta‘lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta‘lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom" ga muvofiq amalga oshiriladi
Ushbu Nizom “Ta‘lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibini belgilaydi. Ushbu Nizom harbiy ta‘lim muassasalariga nisbatan tadbiq etilmaydi. Oliy ta‘lim muassasalari qabulni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiradilar. Oliy ta‘lim muassasalariga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi. Oliy ta‘lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta‘minlanadi. Qolgan abituriyentlar test ballari reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. Tanlov har bir oliy ta‘lim muassasasi bo‘yicha ta‘lim yo‘nalishlari, o‘qitish tillari va shakllariga ko‘ra alohida o‘tkaziladi. Test sinovlari, shuningdek ularni o‘tkazish tartibini belgilash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda oliy ta‘lim muassasalari rektorlari joylarda test sinovlarini o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni ta‘minlaydilar. Test sinovlari uch tilda — o‘zbek, rus, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi oliy ta‘lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi. Oliy ta‘lim muassasasida ta‘lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish tili, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Abituriyent test sinovlarini oliy ta‘lim muassasasida o‘qiydigan tilda topshiradi. Bunda o‘zbek guruhlariga hujjat topshirgan abituriyent o‘z arizasiga asosan test sinovlarini o‘zbek tilida lotin yoki kirill alifbosida topshirish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim muassasalari ta‘lim yo‘nalishlari ro‘yxati va test bo‘yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori |
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish