QABUL-2021: Barcha abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
QABUL-2021: Barcha abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Ertaga, 20-iyun kuni 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi.

Bunda abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin.

Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20-iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.

5465 | 2021-06-19 19:42
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->