OQOLTIN SANOAT TEXNIKUMIGA O'QISHGA QABUL QILAMIZ!
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

Kasbiy (ijodiy) imtihonni onlayn kuzatish

QABUL 2020: Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi abiturientlar diqqatiga!
2020/2021 o’quv yili uchun Guliston davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha abiturientlarning imtihon joyi, kunlari va vaqtining jadvali va abiturientlar familiyasi, ismi, sharifi, guruh raqami to’g’risida ma’lumot. Abiturientlarga eslatma: Imtihonga ushbu jadvalda ko’rsatilgan kunda va vaqtda, belgilangan joyga, karantin qoidalariga rioya qilgan holda, abiturientning DTM qaydnomasi va pasport bilan etib kelish talab etiladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar sanasi va abiturientlarning guruhlar bo’yicha taqsimoti jadvallari (PDF formatda ko’chirib olish): Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (kunduzgi) Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (sirtqi) Rangtasvir (kun…
19577 | 2020-08-25 16:35 | Batafsil
OQOLTIN SANOAT TEXNIKUMIGA O'QISHGA QABUL QILAMIZ!

OQOLTIN SANOAT TEXNIKUMI O`zbekiston va qo'shni davlatlarda kerakli kasblarni yangi professional ta`lim shaklida o'qitish maqsadida jahon standartiga mos, zamon talabidan kelib chiqib O'QISHGA QABUL QILADI!
▶️Oqoltin sanoat texnikumiga 2020-2021-o'quv yilida umumiy o'rta maktablarning 11-sinf va o'rta maxsus, kasb-hunar kollejini tamomlagan, "Hayot davomida ta'lim olish" prinsipi asosida kamida umumiy o'rta ma'limotga ega bo'lgan shaxslarni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'qishga qabul qiladi:
✅Buxgalteriya hisobi va audit;
✅Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ;
✅Kompyuter injiniringi;
✅Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo'yicha);
✅Agronomiya (ekin turlari bo’yicha);
✅Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnik-texnologi;

Ta'lim kunduzgi shaklda ikki yildan kam bo'lmagan muddatda davlat granti va to'lov- kontrakt shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Texnikumga hujjat topshirish uchun www.texnikum.edu.uz elektron platformasi orqali quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Elektron ariza;💻
2. Umumiy o'rta maktabning 11-sinfini tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron skaner shaklida) nusxasi, yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasasini tamomlaganligi to'g'risidagi diplom (elektron skaner shaklida ) nusxasi; 🔰
3. 34 fotosurat. 🙎‍♂️

Respublikaning barcha hududlaridan fuqarolar qabul qilinadi.

➡️Yana bir muhim yangilik⬅️
➖Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchi Guliston davlat universitetining mos keluvchi yo'nalishida 2-kursdan suhbat asosida o'qishini davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ladi.
➖ Farzandingizni hech qanday muammosiz universitetda o'qishini istasangiz unda bizning texnikumni tanlang.
➖Darslar GulDU professor-o‘qituvchilari hamda yuqori malakali o‘qituvchilar tomonidan sifatli olib boriladi.
➖Amaliyotlar esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri yirik ish beruvchilar korxonasida olib boriladi.
☝️ Hujjat topshirish joriy yilning 25-avgustidan 25-sentabrigacha davom etadi.
Murojaat uchun telefonlar: 📞
+998-90-2551163
+99893-3202507
+99891-5066102
Fax:☎️
+99867-2431046

👉MANZIL: Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani, Sardoba shaharchasi Tinchlik ko’chasi 1-uy.👇

555 | 2020-08-25 16:10

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
-->