⚡️QABUL 2025: Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga! Axborot maslahat markazi “Call center” o‘z faoliyatini boshladi
📣 O‘zbekiston Respublikasida 2025/2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga javob berish, joriy etilgan yangiliklar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazib borish maqsadida Guliston davlat universitetida Axborot maslahat markazi “Call center” tashkil etildi.
📞 Fuqarolar 67-225-02-75, 67-225-09-46, 67-225-18-47, 67-225-03-50 telefon raqamlari orqali Axborot maslahat markazi “Call center” bilan bog’lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.
❕“Call center” ish vaqti: dushanba-shanba, soat 09:00-18:00
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
