Hodimlar bo’limi

Bo’lim boshlig’i – Raxmanov Erkin Vaxobovich

Lavozimi: Bo’lim boshlig’i

Ma’lumoti: Oliy. O’zbekiston milliy universiteti (magistratura, adabiyotshunos)

Xorijiy til: Rus

Telefon: (0 367) 227 08 23

Qabul kunlari: Har kuni

Xodimlar bo’limi to’g’ridan-to’g’ri Hududiy markaz direktoriga bo’ysunadi.

Xodimlar bo’limining vazifalari quyidagilardan iborat:

Hududiy markaz direktorining ko’rsatma va farmoyishlarini bajarish;

bo’limning ish rejalarini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash;

Hududiy markazda faoliyat ko’rsatayotgan kadrlarning shaxsiy hujjatlari yig’majildlarini yuritish va ulardagi ma’lumotlarni yangilab borish;

xodimlarning mehnat ta’tillaridan o’z vaqtida foydalanishini nazorat qilish, belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;

ish jarayonida alohida o’rnak ko’rsatgan xodimlarni mukofotlash hamda ularni rag’batlantirishning boshqa turlarini qo’llash yuzasidan Hududiy markaz direktoriga takliflar kiritish;

xodimlarni mehnat intizomiga rioya etishini nazorat qilib borish;

amaldagi qonunchilikka muvofiq Hududiy markazga xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o’tkazish va ishdan bo’shatish bo’yicha buyruqlarni, shuningdek, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish, saqlash hamda belgilangan tartibda va muddatda arxivga topshirish;

xodimlarning mehnat qilishi va malakasini oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratishda, ularni attestatsiyasini tashkil qilish hamda mehnat va ichki tartib qoidalarga rioya qilinishini ta’minlashda qatnashish.

Hududiy markaz xodimlariga tegishli bo’lgan mexnat daftarchalarini yuritish va ularni saqlashda amldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish.

Kadrlar bo’limi zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

 

 

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?