O‘zbekiston yoshlari uchun Soft Skills treninglari — endi Guliston davlat universitetida!
Bugungi kunda zamonaviy yoshlar uchun texnik bilimlar bilan bir qatorda muloqot, jamoada ishlash, liderlik, kreativ fikrlash kabi soft skills ko‘nikmalari ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu maqsadda, Jahon banki, Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan ko‘magida “Uzbekistan Digital Inclusion” loyihasi doirasida 10-oktabr kuni Guliston davlat universitetida yoshlarga bag‘ishlangan o‘ta samarali seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur treninglarni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori Muzaffar Jalolov olib bormoqda. Tadbirning ochilish marosimida Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev so‘zga chiqib, bunday tashabbuslar yoshlar tafakkurini yanada kengaytirishini, ularning mehnat bozorida raqobatbardosh shaxslar sifatida shakllanishiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Trening davomida ishtirokchilar:
* o‘zaro muloqot madaniyati va ta’sirchan nutq sirlarini o‘rganishdi;
* muammoli vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishdi;
* shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tajriba almashishdi.
Ushbu tashabbus yoshlarning yangi avlodini shakllantirish, ularni raqamli dunyoda faol va muvaffaqiyatli shaxslar sifatida tarbiyalash sari muhim qadamdir.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
