Ilg’or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

14465

Jami talabalar soni

6932

Kunduzgi ta'lim

7202

Sirtqi ta'lim

20

Kechki ta'lim

285

Magistratura

26

Xorijiy talabalar

Guliston Davlat Universiteti Ilmiy indeksi

“Ilg’or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar” bo’limi

Bo’lim boshlig’iFayzieva Sadoqat

Lavozimi: Bo’lim boshlig’i 
Ma’lumoti: Oliy. Sirdaryo davlat  pedagogika  instituti.

O’zbek tili va adabiyoti.
Xorijiy til: Rus, tojik 
Telefon: (0 367) 227 08 23
E-mail: yupiter.85@umail.uz

Qabul kunlari: Har kuni

Sadoqat Fayzieva ish faoliyatini “Yangiyer tongi” gazetasida adabiy xodimlikdan boshlagan. Yangier shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli 8-o’rta maktabda o’zbek tili va adabiyoti fani o’qituvchisi, xalq ta’limi bo’limida metodist vazifalarida ishlagan.

1996 yildan 1998 yilgacha O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi muassisligidagi “Ishonch”gazetasida bo’lim muxbiri, 1998-1999 yillarda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining nashr markazida muharrir, 1999-2000 yillarda esa Respublika “Oila”ilmiy amaliy markazida ilmiy xodim vazifasida xizmat qilgan.

2001 yilda Guliston shahriga ko’chib kelib, Sirdaryo viloyat xalq ta’limi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga ishga qabul qilingan. Hozirgi kunda ham “Ilg’or pedagogik texnologiyalar va tajribalarni joriy etish”  bo’limi boshlig’i vazifasida ishlamoqda.

Sadoqat Fayzieva 1997 yilda G’afur G’ulom nomidagi “Adabiyot va san’at” nashriyotida chop etilgan “Ona allasi” she’riy kitobi, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ommabop yo’nalishdagi 5 ta risola, ko’pgina she’rlar hamda istiqlolimizni tarannum etuvchi publitsistik maqolalar muallifidir.

Uning “Ko’zlar bir-birini aldamasa bas”, “Ey, yori jonim”, “Obod uyda yashaydi pok odamlar”, “Onajon”, “Hurriyat bahori”, “Sog’indim”, “Nega meni tushunmaysiz?” kabi lirik qo’shiqlari taniqli xonandalar tomonidan sevib kuylanadi.

“Sumalak”, “Kapalakjon”, “Qoqigul”, “Vatanni sev, bolajon” kabi qo’shiqlari Respublika “Bulbulcha” bolalar xorida ijro etilib, ko’rik-tanlov g’olibi sifatida baholangan.

Vatanimiz taraqqiyotidan, turmushimiz farovonligidan va jonajon O’zbekistonimizning har jabhalaridagi ijobiy o’zgarishlardan ruhlanib ijod qilayotgan shoira va adiba Sadoqat Fayzievaning “Vatanni sev bolajon” nomli ushbu to’plamidan joy olgan she’rlari samimiyligi, ravonligi, musiqa ohangiga mosligi va sho’x-u, shodonligi bilan siz jajji bolajonlar qalbiga quvonch baxsh etadi, degan fikrdamiz.

 

GulDU huzuridagi XTXQTMOHM “Ilg’or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar” bo’limi o’z faoliyatini 2015 yil mart oyidan boshladi.

Bo’limda 3 nafar xodim faoliyat ko’rsatmoqda.

Bo’lim boshlig’i – O’zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zosi, Respublika xalq ta’limi a’lochisi Sadoqat Fayzieva.

Bo’lim  metodistlari – Shuhrat Ziyaev va Nilufar Turgunova.

“Ilg’or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar” bo’limi GulDU huzuridagi XTXQTMOHMning 6 ta kafedralari va 4 ta bo’limi bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

Bo’limning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

Hududiy markazda olib borilayotgan ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirib borish;

Hududiy markaz professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan metodik hamda o’quv-uslubiy materiallarni Ilmiy-metodik kengash muhokamasiga kiritish uchun tayyorlash;

Hududiy markazda o’tkaziladigan ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy konferentsiya va seminarlar ishini muvofiqlashtirib borish;

Hududiy markazda o’tkaziladigan konferentsiya va seminarlarning materiallarini to’plam shaklida umumlashtirish va o’rnatilgan tartibda chop etishga tayyorlash;

ilg’or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni aprobatsiyadan o’tkazish bo’yicha tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va ishtirok etish;

tajriba-sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan tajribalarni Hududiy markaz saytiga joylashtirish hamda ulardan foydalanish monitoringini olib borish;

tegishli ta’limni boshqarish boshqarmalari bilan hamkorlikda ilg’or ish tajribasiga ega bo’lgan pedagog xodimlarning ish tajribalarini ommalashtirish;

fanni o’qitishning ilmiy, metodik va amaliy muammolarini hal etishga qaratilgan ilg’or tajribalar, pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha kafedralar bilan birgalikda seminarlar, treninglar, mahorat darslarini tashkil etish;

ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish jarayoniga oid zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar to’g’risidagi ilmiy-axborotlar yuzasidan Hududiy markaz professor-o’qituvchilari va xodimlari uchun o’quv seminarlarini tashkil etish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot yo’nalishlari va mavzularini belgilash;

xalqaro va respublika miqyosida o’tkaziladigan turli grant tanlovlarida (fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ilmiy-texnika dasturlari) ishtirok etuvchi talabgorlarning hujjatlarini tayyorlash;

xalqaro hamkorlik ishlarini tashkil qilish, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimiga oid ilg’or tajribalarni o’rganish

hamda kafedralar tomonidan tajribalarni joriy etish borasida olib boriladigan ishlarni muvofiqlashtirish.

Hududiy markaz professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan metodik hamda o’quv-uslubiy qo’llanmalarni va institutda o’tkaziladigan ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy anjumanlar materiallarini to’plam shaklida umumlashtirish va nashrga tayyorlash;

GulDU huzuridagi XTXQTMOHM “Ilg’or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar” bo’limining vazifalari ilmiy, metodik va amaliy muammolarini aniqlash, tajriba-sinov ishlarini tashkil etishdan iborat. Bo’lim xodimlari tomonidan Hududiy markaz professor-o’qituvchilarining 11 ta fundamental loyiha hujjatlari tayyorlanib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi tomonidan “Bajarilishi 2016-2020 yillarga mo’ljallangan amaliy loyihalari tanlovi”ga taqdim etildi.

2017 yil davomida bo’lim xodimlari tomonidan Hududiy markaz professor-o’qituvchilarining 70ga yaqin metodik materiallari tahrir qilindi va nashrga tayyorlandi. Hududiy markaz professor-o’qituvchilaridan pedagogika fanlar nomzodi, dotsent P.Q.Xolmatovning “Umumiy pedagogika” nomli darsligi, N.Nuralieva ham muallifligidagi “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiyasi va integratsiyasi” uslubiy ko’rsatmasi; “Til va adabiyot ta’limi” kafedrasi katta o’qituvchilari M.M.Yuldasheva va M.S.Axmedovalarning “Teoriya i metodika prepodavaniya russkogo yazo’ka” masofaviy kurslar uchun o’quv metodik qo’llanmasi; O.Ochilovaning

“Formirovanie kombinatsionnogo umeniya v angloyazo’chnoy rechevoy deyatelnosti uchahixsya obhe-obrazovatelnoy shkolo’” nomli hammualliflikdagi monografiyasi nashr etildi.

2018 yil davomida bo’lim tomonidan institut professor-o’qituvchilarining 70ga yaqin metodik va o’quv-uslubiy materiallari nashrga tayyorlanib, chop etilishi rejalashtirilgan.

Bo’lim xodimlari fanni o’qitishning ilmiy, metodik va amaliy muammolarni hal etishga qaratilgan ilg’or tajribalar, pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha kafedralar bilan hamkorlikda “Metodik mahsulotlarni yaratilishida qo’yiladigan talablar”, “Ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayonida qo’llanilishi” mavzusida bir nechta seminarlar tashkil etdi.

2018 yilda bo’lim tomonidan ilg’or tajriba va innovatsion texnologiyalarni o’quv jarayoniga tadbiq etish maqsadida bir qator seminarlar o’tkazish rejalashtirilgan.

Etakchi ta’lim muassasalari, GulDUning barcha kafedralari, Sirdaryo viloyat kasb-hunar kollejlari boshqarmasi, Sirdaryo viloyat BABM, Sirdaryo viloyat MTM boshqarmasi, Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Respublika ta’lim markazi, Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi XTXQTMOHM, JDPI huzuridagi XTXQTMOHM, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, A.Avloniy nomidagi XTXQTMO instituti kabi nufuzli ilm dargohlari bilan hamkorlikni o’rnatish rejalashtirilgan.

 Guliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat Universiteti

9963 | 2018-02-10 09:51

Resurslar

Imtihon-2024

QABUL-2024 o'qishni ko'chirsh

QABUL-2024

Xorijiy fuqarolarni qabul qilish 2024

Abituriyentning ijodiy (kasbiy) imtihon axborot varaqasi
Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi

2024-2025 o'quv yilida o'tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihon manzillari geolakatsiyasi

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

Categoriyalar