14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistratura
26
Xorijiy talabalar
Bo’lim boshlig’i – Musurmanqulov Farxod Uralovich
Lavozimi: markaz boshlig’i
Ma’lumoti: Oliy. Guliston davlat universiteti.
Xorijiy til: Rus
Telefon: (0 367) 227 78 12
E-mail: yupiter.85@umail.uz
Qabul kunlari: Har kuni
Guliston Davlat Universiteti huzuridagi xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida Masofadan o’qitishni xududiy muvoffiqlashtirish bo’limi
M A ‘ L U MO T I
O’zbekiston Respublikasi xukumati va Osiyo taraqqiyot banki o’rtasidagi 4 fevral 2002 yilda imzolagan Memorandum asosida OTB O’ZB-1961 raqamli “Ta’lim sektorini rivojlantirish” dasturi, hamda Vazirlar Mahkamasining 19.02.2003 yildagi 92-sonli qarori asosida institut qoshida 2005 yildan beri masofadan o’qitishning xududiy muvofiqlashtirish markazi faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Markaz o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkakamasining Qarorlari, idoralararo Muvofiq Kengash va normativ aktlarga amal qilgan holda, Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 10 dekabrdagi 281-sonli buyrug’i ijrosini ta’lim jarayoniga tadbiq etishda o’z xissalarini qo’shib keldi.
Hozirgi kunda masofadan o’qitishni xududiy muvofiqlashtirish bo’limida 4 nafar mutaxassislar faoliyat ko’rsatishmoqda. (Markaz boshlig’i; 1-nafar kurs koordinatori, 1-nafar administratori, 1- nafar metodisti).
Farxod Musurmankulov– markaz rahbari. Ma’lumoti oliy, Guliston Davlat Universitetining tarix fani mutaxassisligini tugatgan. 2018 yildan boshlab MO’HM markaz boshlig’i vazifasida ishlab kelmoqda.
Mavlyuda Shirinbaeva - kurs koordinatori – ma’lumoti oliy, Toshkent Politexnika institutining elektron hisoblash mashinalari bo’yicha injener sistematexnik va informatika o’qituvchisi.
Doniyor Baymurodov – Guliston Davlat Universitetining informatika mutaxassisligi bo’yicha tugatgan 2018 yil yanvar oyidan boshlab ushbu lavozimda ishlab kelmoqda.
Murod Otaxonov - metodist – ma’lumoti o’rta maxsus, Guliston pedagogika kollejining jismoniy tarbiya fani mutaxassisligini tugatgan. 2016 yildan boshlab ushbu lavozimda ishlab kelmoqda.
MASOFAVIY TA’LIM TIZIMINING TAShKIL ETILIShI
O’zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasida 2000 yil dekabr oyida “Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi bo’yicha Stabilizatsiya zayomi” yuzasidan qabul etilgan Memorandum asosida Xalq ta’limi vazirligi zimmasiga yuklatilgan topshiriqlarning ijrosi sifatida XTV tizimida 85 ta masofadan o’qitish markazi tashkil etildi. Bular A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti tarkibida Masofadan o’qitishni rivojlantirish markazi (MO’RM), 14 ta xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari tarkibida Masofadan o’qitishni hududiy muvofiqlashtirish markazi (MO’HMM)
MASOFAVIY TA’LIM KURSI TINGLOVChILARI UChUN
Bu kursda ishdan ajralmagan holda, 144 soatli o’quv reja asosidagi tizim topshiriqlari, mashg’ulotlari va test topshiriqlari 3 oy davomida o’qitiladi.
Mazmun jihatdan an’anaviy malaka oshirish kursi mazmuni doirasida shakllantirilgan.
Bunda masofadan malaka oshirish kursi o’quv materiallari o’zining dizayni, taqdim eilish va nazorat usuli vositalari hamda modul shaklida internet tarmog’i orqali tarqalish jihatlari bilan an’anaviy kursdan farq qiladi. Bu kurs oliy ma’lumotli o’qituvchilarini o’qitishning zamonaviy usullari va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha malakasini masofadan o’qitish orqali oshirishga mo’ljallangan.
Ushbu kurs 3 blokdan iborat.
Masofaviy ta’lim kursi tinglovchilari ta’lim jarayoniniIJTIMOIY FANLAR BLOKIdan boshlaydi.
Bu blok 4 fandan ya’ni,
Keyingi blok
UMUMKASBIY FANLAR BLOKI bo’lib, bu blokda 3 ta fan ya’niy,
fanlari bilan shug’ullanadilar.
So’nggi blokimiz
MUTAXASSISLIK FANLAR BLOKI bo’lib, bu blok 4 bo’limdan iboratdir.
Bu bo’limda
1. Fanni o’qitishda samarali ta’limga yo’naltirilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, metod va vositalarni fanlarni o’qitish jarayonida qo’llashni o’rganiladi.
2. Darslarni rejalashtirish texnologiyalarini o’ziga xosligi, darslarni tashkil etish va o’tkazishda shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanish na’munalari haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi.
3. Zamonaviy metod va pedagogik texnologiyalarni turli-tuman ko’rinishlarini amalga oshirish tamoyillari hamda yo’llarini bilishning ahamiyatini baholay olish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlardan samarali foydalanish bo’yicha malakalaringizni rivojlantiradi.
Kurs materiallarining mazmuni boyitish, sifatini oshirish sizlarning o’quv faoliyati davomidagi faol ishtirokingizga bog’liq. O’quv jarayonida duch kelgan muammolarini yoki savollarni hamda fikr-mulohazalarini kurs forumida qoldirish mumkin.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida kompyuter va texnik vositalarning ta’minoti etarlicha bo’lgan bir sharoitda, masofaviy talim orqali o’qituvchilar internet bilan ishlashga, www.avloniymtk.uz saytidan kerakli malumotlarni izlash, qidirish, saqlash, tanlash kabi vazifalarni mustaqil ravishda bajarishga yo’naltirilgan.
Kurs qatnashchilari A.Avloniy nomidagi Xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti tomonidan nazorat qilib borildi. Tinglovchilar o’zlarining parol va loginlari bilan avloniymtk.uz va masofa.uz saytlariga kirganlaridan keyin berilgan topshiriq va testlarni bajarishlari mobaynida uchragan qiyinchiliklarni sayt ichida joylashtirilgan maruzalar xamda atamalarga keltirilgan tariflardan foydalanib kelinadi. Har 2 haftada KS(kontakt sessiya-amaliy va laboratoriya ishlari), TOMK (tarmoq orqali mashg’ulotlar konsultatsiya) va ON (oraliq nazorat)lariga qatnashib borishadi.
Masofadan turib o’qitish davomida o’qituvchilar bajargan testlari avtomatik baholash tizimi yordamida tarmoqda hamda topshiriqlari tyutorlar tomonidan baholab boriladi. Masofaviy talim olish o’qituvchilarning mustaqil fikrlash xarakatlariga yo’naltirilgan.
Kursda ishtirok etgan o’qituvchilar bilan suxbatlarda masofadan o’qitish orqali malaka oshirishda o’qituvchining, ayniqsa chekka xududlardagi o’qituvchilarning mustaqil o’qishi uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Masofadan malaka oshirayotgan o’qituvchi pedagogik faoliyatidan ajralmagan holda xohlagan vaqtida, internetga ulangan ixtiyoriy kompterda o’qishi o’qituvchidan ortiqcha mablag’ va vaqtdan yutishiga imkoniyat yaratadi.
Masofali o’qitish talim oluvchilarning malaka oshirishga va ularning imkoniyatlarini kengaytirishga ko’mak berib, ushbu jarayonda:
Mutaxassis uyda turib kompyuter orqali o’z malakasini oshiradi, boshqa tahsil oluvchilar bilan kommunikatsiya texnologiyalari orqali bog’lanib turadi;
Ta’lim oluvchilarning turli guruhlari bilan ishlash imkoni yaratiladi;
Ta’lim oluvchilar o’zlariga mos hamda ma’qul bo’lgan o’qish tartibini va jadvalini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi;
Ta’lim oluvchilarning doirasi doimo kengayib borishiga imkon tug’iladi;
Bir vaqtning o’zida ham masofadan turib bilim olishga xamda pedagogik faoliyatni birga olib borish imkoniyati yaratiladi.
Bugungi kunda xalq ta’limi tizimi oldiga qo’yilayotgan bu kabi vazifalarni to’laqonli amalga oshirish, amaliy natijalarni ta’minlash, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi farmoni hamda Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 9 fevraldagi 40 – sonli buyrug’i asosida “2017 -2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” ga muvofiq institutda 2017 – 2021 yillarda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida malaka oshirish kurs tinglovchilari bilan maxsus o’quv kurslarini tashkil etish ko’zda tutilmoqda.
Muammolari: Masofadan malaka oshirish kurslarini o’qitilishi mobaynida afzalliklari bilan bir qatorda, chekka xududlarda elektr tarmog’ining vaqti-vaqti bilan o’chib turishi, internet xizmatlarining talabga javob beradigan darajada yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi kurslarni to’laqonli o’tkazishda sezilarli qiyinchiliklar tug’dirmoqda.
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish