Professorlar İrem Bulut va Edibe Pirincci
Xalqaro
hamkorlik aloqalari doirasida Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan
biri — Fırat Üniversitesi professor-o‘qituvchilari tomonidan Guliston davlat
universiteti talabalariga mazmunli ma’ruzalar tashkil etildi. Jumladan, dotsent İrem Bulut doktor tomonidan Tibbiyot
fakulteti 2-bosqich talabalari uchun
“Favqulodda vaziyatlar (ofatlar) sharoitida sog‘liqni saqlash xizmatlarini
tashkil etish va boshqarish” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi.
Unda favqulodda vaziyatlarda tibbiy xizmatlarni samarali yo‘lga qo‘yish, boshqaruv mexanizmlari va tezkor qaror qabul qilish jarayonlari haqida muhim bilimlar berildi.
Shuningdek, professor Edibe Pirincci tomonidan Tibbiyot fakulteti 1-bosqich talabalari uchun “Tamakining sog‘liqqa zararlari” mavzusida ma’ruza tashkil etildi. Ma’ruzada tamaki mahsulotlarining inson organizmiga zararli ta’siri, kasalliklar rivojlanishidagi o‘rni hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati keng yoritildi.



Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



